Yog‘lar almashinuvi. Yog‘lar ham oqsillarga o‘xshash odam
organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1 g yog‘ organizmda
kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yog‘lar ikki
xil bo‘ladi: hayvon yog‘lari va o‘simlik moylari.
Karbonsuvlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida,
asosan, energiya manbayi bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, jismoniy
ish bajarganda ular birinchi bo‘lib parchalanadi va hujayra-to‘qi-
malarni, ayniqsa, muskullar faoliyati uchun zarur bo‘lgan ener-
giya bilan ta’minlaydi. 1 g uglevod kislorod ta’sirida parchalanib,
4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar, asosan, o‘simliklardan
olinadigan ovqat mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi (non, kartoshka,
mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Suv odam organizmi barcha
hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Katta yoshdagi
odamlar tanasining 50—60% ini suv tashkil qiladi, yoshlarning
tanasidagi suv nisbati esa bundan ko‘proq bo‘ladi.
Suv moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Agar odam
mutlaqo ovqat iste’mol qilmasa, lekin suvni me’yorida iste’mol
qilsa, u 40—45 kungacha (uning tana massasi 40% kamayguncha)
yashashi mumkin. Aksincha, ovqat me’yorida bo‘lib, suv iste’mol
qilinmasa, tana massasi 20—22% kamaysa, odam bir haftaga yetar-
yetmas halok bo‘lishi mumkin.
Suv ovqat tarkibida va ichimlik sifatida iste’mol qilinadi. Me’da va
ichaklardan qonga so‘rilgan suv hujayra va to‘qimalarda moddalar
almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, uning asosiy qismi nafas chiqarish,
terlash va siydik bilan tashqariga ajratiladi. Katta odamlar orga-
nizmining bir kecha-kunduzdagi suvga ehtiyoji 2—3 l ni tashkil etadi.
O‘zbekistonning issiq yoz faslida terlash va nafas chiqarish
orqali organizm ko‘p suv yo‘qotadi. Shuning uchun chanqoqlik
yuzaga kelib, og‘iz quruqlashganda suvni ko‘p iste’mol qilavermas-
dan, og‘izni tez-tez chayib turilsa, ayniqsa, nordon suv (limonli
suv, mineral suv) bilan, chanqoqlik bosiladi.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va to‘qimalari
tarkibida bo‘ladi. Ular ikkiga:
makroelementlar va
mikroelement- larga bo‘linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor,
78
kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa, suyaklar tarkibida
ko‘p miqdorda bo‘ladi. Mikroelementlarga rux, marganes, kobalt,
mis, aluminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar
tarkibida oz miqdorda bo‘ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa, hujayra-
larning qo‘zg‘alish jarayonida muhim o‘rin tutadi.