74
seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bo‘lganda
zudlik bilan tez
tibbiy yordam chaqirish zarur.
Ichburug‘
kasalligini bir necha xil mikroblar qo‘zg‘atadi. Bu
mikroblar
idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar,
zararlangan
tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishiga, ayniqsa, qora
(uy) pashsha ko‘proq sababchi bo‘ladi.
Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit).
Bu kasallikni viruslar
qo‘zg‘atib, jigar hujayralarini zararlaydi.
Virusning A, B va C turlari
bo‘lib, ularning yuqish yo‘li har xil. Virusning A turi zararlangan
taomlar, idish-tovoq, qaynatilmagan ariq, hovuz, quduq suvi or-
qali yuqadi. B va C turlari — sterillanmagan
shpris va ignalar orqali
hamda bu kasallikning yengil turi bilan xastalangan odamdan olingan
qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yuborish
natijasida yuqadi.
Dostları ilə paylaş: