Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- rasm. Kasallangan tishlar



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

44- rasm. Kasallangan tishlar:
1
— sog‘ tish; 
2
— tishning kariyes kasalligi
3
— tishning pulpit
kasalligi; 
4
—tishning nekroz kasalligi.


69
15 sm bo‘lib, uch qismga — burun, og‘iz va hiqildoqqa bo‘linadi.
Halqumning vazifasi ovqatni og‘iz bo‘shlig‘idan qizilo‘ngachga,
havoni burun bo‘shlig‘idan hiqildoqqa o‘tkazishdan iborat. Hal-
qumning pastki qismi qizilo‘ngachga tutashadi.
Qizilo‘ngach 
uzunligi o‘rtacha 23—25 sm bo‘lib, shilliq va muskul
qavatdan iborat. U ko‘krak qafasi to‘sh suyagining orqa qismida joy-
lashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o‘tkazishdan iborat.
Me’da
qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida
joylashgan. Katta odamda me’daning hajmi o‘rtacha 2,5 l atrofida
bo‘ladi. Me’daning ichki shilliq pardasi ostida juda ko‘p — 14
millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo‘lib, ular pepsin, liðaza
fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat tarkibidagi
oqsillarni, liðaza yog‘larni parchalaydi. Xlorid kislota esa pepsin
fermentining faollik kuchini oshiradi.
Odam me’da va ichak shirasini tekshirish maqsadida zondlash,
ya’ni elastik rezina naycha kiritish metodi qo‘llaniladi. Hazm qilish
organlarining holatini o‘rganishda rentgenoskopiya metodidan
foydalaniladi. Buning uchun kasalga rentgen nurlarini o‘tkazmay-
digan moddadan tayyorlangan bo‘tqa ichiriladi. So‘ngra rentgen
ekranida hazm qilish nayi har xil qismlarining chegarasi aniqlab
olinadi. Hozirgi davrda ovqat hazm qilish sistemasini ultratovush
yordamida tekshirib, tashxis qo‘yish metodi keng qo‘llaniladi.
Me’dada ovqat hazm bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘tkaziladi.
O‘n ikki barmoq ichak.
Bu ingichka ichakning boshlang‘ich qismi
bo‘lib, uzunligi o‘n ikkita barmoq eniga teng (25—30 sm) bo‘ladi.
Shuning uchun u 
o‘n ikki barmoq ichak
deb ataladi. Bu ichak bo‘shli-
g‘iga me’daosti bezining shirasi va jigarning o‘t suyuqligi quyilib turadi.
Me’daosti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan
triðsin,
yog‘larni parchalaydigan 
liðaza
va uglevodlarni parcha-
laydigan 
amilaza
fermentlari bo‘ladi. O‘n ikki barmoq ichakka
jigardan quyiladigan o‘t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog‘larni
emulsiya holatiga keltiradi va liðaza fermentining faolligini oshiradi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin