Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Ovqat hazm qilish jarayoni odamning salomatligi uchun qanday ahamiyatga ega? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1. 
Ovqat hazm qilish jarayoni odamning salomatligi uchun qanday
ahamiyatga ega?
2.
Ovqat hazm qilish organlari qanday vazifalarni bajaradi?
3. 
Ovqat hazm qilishda qanday fermentlar ishtirok etadi?
4.
I. P. Pavlov ovqat hazm qilish organlarining funksiyasini o‘rga-
nishda qanday usullarni yaratgan?
24- §. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi
va vazifasi
Ovqat hazm qilish organlari lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum,
qizilo‘ngach, me’da, o‘n ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on
ichaklar hamda me’daosti bezi va jigar
kabi organlardan tashkil topgan (41-
rasm).
Lablar. 
Yuqori va pastki lablar mus-
kullardan iborat bo‘lib, ular og‘izning
kirish qismini hosil qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida
tishlar, til va so‘lak
bezlarining kanalchalari joylashgan.
41- rasm. Ovqat hazm qilish organlari:
1
— tomoq-halqum; 
2
— quloqoldi so‘lak bezi;
3
— qizilo‘ngach; 
4
— me’da; 
5
— o‘n ikki
barmoq ichak;
6
— jigar va o‘t pufagi;
7
— me’daosti bezi;
8
— ingichka ichak;
9— ko‘richak; 
10
—ko‘richakning chuval-
changsimon o‘simtasi; 
11
— yo‘g‘on ichak;
12 
— to‘g‘ri ichak.


67
Òishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi.
Òishlar ikki xil bo‘ladi:
sut tishlari — 20 ta, doimiy tishlar — 32 ta. Sut tishlari bolaning
olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o‘n
ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o‘rniga doimiy tishlar
chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16
tadan, jag‘larning o‘ng va chap tomonida 8 tadan bo‘ladi. Shulardan
oldingi 2 tasi 
kesuvchi 
(kurak), bittasi 
qoziq, 
ikkitasi 
kichik oziq
tish va uchtasi 
katta oziq
tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12—14
yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag‘lardagi oxirgi
katta oziq tishlar (
aql tishlar
) 18 yoshdan keyin chiqadi (42- rasm).
Òish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo‘yni va ildizi.
Òishning ko‘rinib turgan tashqi qismi 
koronka
deb atalib, u oq
emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiya-
tini beradi. Òishning 
milk
bilan birikkan joyi uning 
bo‘yin qismi
deb ataladi. Òishning 
ildiz qismi
jag‘ suyaklariga birikkan bo‘ladi.
Òishning ichki qismida bo‘shliq bo‘lib, u yerda qon tomirlari va
nerv tolalari joylashgan (43- rasm). Zararlangan tish o‘z vaqtida
davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o‘tib, yurak, buy-
rak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og‘ir kasallik-
larni keltirib chiqarishi mumkin (44- rasm).

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin