64
38- rasm.
A
— V. A. Basovning me’daga fistula qo‘yish usuli;
B
— I. P. Pavlovning soxta ovqatlantirish operatsiyasi yordamida
oshqozon shirasini o‘rganish.
VI b o b .
OVQAT HAZM QILISH
SISTEMASI
23- §. Ovqat hazm qilishning ahamiyati
Ø
Organlar, fermentlar va ularning vazifalari
Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, bunda
ovqat fizik va kimyoviy o‘zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga
parchalanib, oshqozon va ichak bo‘shlig‘idan
qon hamda limfa
tomirlariga so‘riladi.
Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar yordamida,
oshqozonda va ichak-
larning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida
maydalanishi
fizik o‘zgarish
deb ataladi.
Ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘,
uglevodlarning fermentlar ta’sirida parchalanishi
kimyoviy o‘zgarish
deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo‘linadi:
1. Proteazalar — oqsillarni parchalovchi fermentlar.
2. Liðaza — yog‘larni parchalovchi ferment.
3. Karbogidrazalar — uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
Dostları ilə paylaş: