62
(faringit), tomoqdagi bodomsimon
bezlarning yallig‘lanishi (angina),
hiqildoq ichki qavatining yallig‘-
lanishi (laringit), traxeya va bronx-
lar ichki qavatining yallig‘lanishi
(traxeit va bronxit), o‘pka to‘qi-
masining yallig‘lanishi (zotiljam)
kasalliklari
odamda tez-tez uchrab
turadi.
Nafas olish organlari gigiyenasi.
Nafas olish organlarining normal
rivojlanishi, ularni har xil kasallik-
lardan muhofaza
qilishda gigiyena
qoidalariga rioya etish muhim aha-
miyatga ega.
Odam yoshligidan burun orqali
chuqur
nafas olish va chiqarishga
odatlansa, nafas harakatlarida ish-
tirok etuvchi qovurg‘alararo mus-
kullar va diafragma yaxshi rivojla-
nadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi
ortadi.
Organizmni turli sharoitda
chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish
va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas olish organlari kasallik-
larining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish organlariga zararli ta’siri.
Chekish
eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq
zaharli
modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid,
benzol kabilar odam organizmining
barcha organlariga, jumladan,
nafas olish organlariga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Òashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dun-
yoda ikki yarim million kishi halok bo‘ladi.
Chekish oilaga katta
moddiy zarar ham yetkazadi.
1.
Qanday usullarda sun’iy nafas oldiriladi?
2.
Nafas olish organlarining qanday kasalliklarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: