70
parchalanib, hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Ichakning to‘lqinsimon
harakati ovqat moddalari ichak bo‘shlig‘i bo‘ylab yuqoridan pastga
tomon siljishini ta’minlaydi. Ingichka ichak
devoridagi bezchalardan
ajraladigan enterokinaza, liðaza fermentlari ovqat hazm bo‘lishida
ishtirok etadi.
Ichak shilliq qavatida vorsinkalar bor.
Ular juda murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan.
Ichak shilliq qavatining 1 mm sathida 30—40 ta, ichakning butun
yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo‘ladi (45- rasm).
Vorsinkalar ovqat moddalarini ichak devorida hazm bo‘lishini
ta’minlaydi. Buni akademik A.I. Ugolev aniqlagan.
Parchalangan
ovqat vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so‘riladi.
Yo‘g‘on ichak
ingichka ichakning davomi bo‘lib, uning uzunligi
katta odamda o‘rtacha 1,5 m. U qorin bo‘shlig‘ida
ingichka ichakning
atrofini o‘rab turadi. Yo‘g‘on ichak quyidagi qismlarga bo‘li-
nadi: 1) ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi (appendiks);
2) ko‘tariluvchi
chambar ichak; 3) ko‘ndalang chambar ichak;
4) tushuvchi chambar ichak; 5)
sigmasimon ichak; 6) to‘g‘ri ichak.
Yo‘g‘on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo‘lmaydi. Yo‘g‘on
ichakda, asosan, suv, mineral tuzlar so‘riladi. Bu yerda ovqat
qoldig‘i quyilib, najas sifatida to‘g‘ri
ichak orqali tashqariga
chiqariladi.
45- rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining tuzilishi (A), vorsinkalar
Dostları ilə paylaş: