Official use


Ish faoliyatidagi halollik va belgilangan me’yorlarga rioya



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#118625
1   2   3   4   5
PSD 52407 (Uzbek)

Ish faoliyatidagi halollik va belgilangan me’yorlarga rioya 
qilish 
YTTBning muvofiqlik nazorati boshqarmasi (OCCO) Bankda mas’uliyatli boshqaruvga 
ko‘maklashish bilan birga Bank faoliyatining barcha jabhalarida eng yuqori 
standartlarda ish olib borilishini va barcha jarayonlar ilg‘or xalqaro tajribalarga muvofiq 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bankning barcha mijozlari uchun ularning ish faoliyatidagi 
halolligini tekshirishdan maqsad, Bank loyihalari uchun qabul qilinishi mumkin 
bo‘lmagan huquqiy va nufuzga oid risklarga yo‘l qo‘yilmaslikdan iborat. Bank nuqtai 
nazariga ko‘ra, loyihani dastlabki baholash va tasdiqlash bosqichida muammoli 
jihatlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish Bank faoliyati nufuziga putur 
yetkazmaslikning eng samarali vositasidir. OCCO ushbu profilaktika chora-tadbirlarida 
muhim ahamiyatga egaligi bilan birga investitsiya qilinganidan keyingi davrda 
Bankning nufuziga xavf soladigan risklarni nazorat qilishga yordam beradi. 
OCCO, shuningdek, YTTB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasidagi 
firibgarlik, korrupsiya va lavozimni suiiste’mol qilish bo‘yicha ma’lumotni tekshiruvchi 
masʼul hisoblanadi. 
Agar kimningdir Bank ichida yoki undan tashqarida firibgarlik yoki korrupsiya 
holatlari kuzatilayotganligi haqida gumoni bo‘lsa, u muvofiqlik nazorati boshqarmasi boshligʻiga bu 
holat haqida yozma tarzda
 
compliance@ebrd.com
 elektron pochtasi orqali xabar qilishi 
lozim. Barcha bildirilgan daliliy ma’lumotlar tegishli choralar ko‘rish uchun OCCO 
tomonidan koʻrib chiqiladi. Barcha xabarlar, shu jumladan anonim tarzdagi xabarlar 
ham tekshirib chiqiladi. Bu turdagi xabarlar istalgan tilda, jumladan Bank faoliyat 


OFFICIAL USE
OFFICIAL USE
ko‘rsatayotgan mamlakatdagi rasmiy tilda tayyorlanishi mumkin. Bunday ma’lumotlar 
yaxshi niyatni ko‘zlashi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin