Axborotdan erkin foydalanish siyosati (AIP)
2020-yilning 1-yanvarida kuchga kirgan IAP YTTBning strategiyalari, siyosatlari va
amaliyotlarini yaxshiroq tushunish va bilishga ko‘maklashish uchun manfaatdor
tomonlarga ma’lumotlarni ochiqlash bilan birga maslahatlashuvlar tartibini belgilab
beradi.
YTTB veb-saytidan qanday maʼlumotlar olish mumkinligini
bilish uchun
Axborotdan
foydalanish siyosati
sahifasiga oʻting.
Muayyan savollaringizni
YTTBning maʼlumot soʻrovi
orqali yuborishingiz mumkin..
Loyiha hisobdorligi mustaqil mexanizmi (IPAM)
Agar jismoniy yoki yuridik shaxslarning ekologik-ijtimoiy sohadagi yoki axborotni
oshkor qilish borasidagi xavotirlarini (masalan, loyiha darajasida mijozlar tomonidan
yaratilgan shikoyatlar mexanizmi yoki Bankning amaliyot boshqaruvi bilan bevosita
o‘zaro aloqa qilish orqali) qanoatlantirishga boʻlgan urinishlari samarasiz bo‘lsa, ular
YTTBning Loyiha hisobdorligi mustaqil mexanizmi ya’ni IPAM yordamida o‘zlarining
o‘sha xavotirlarini bildirishlari mumkin.
IPAM, arizachilarning fikriga ko‘ra, zarar yetkazishga ulgurgan yoki kelajakda zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan loyihaning muammolarini mustaqil ravishda baholaydi.
Ushbu mexanizmning maqsadi loyihaning manfaatdor tomonlari oʻrtasida
ekologik, ijtimoiy va
axborotni ommaviy oshkor qilish boʻyicha muammolarini hal etishdagi murosani qoʻllab-quvvatlash,
Bank oʻzining
Ekologik va ijtimoiy siyosatiga
yoki
Axborotdan erkin foydalanish
siyosati
ning loyihaga oid tartiblariga rioya qilayotganini tekshirish va zarur hollarda,
kelajakda ushbu qoidalarga rioya qilmaslik holatlarini bartaraf etish, shuningdek, Bank
tomonidan kelgusida bunday holatlarning oldini olishdan iborat.
Loyiha soʻrovlarini
Maxfiy onlayn shakl
,
elektron pochta
,
pochta yoki telefon
orqali
qanday joʻnatish haqidagi maʼlumotlarni Loyiha hisobdorligi mustaqil
mexanizmi veb-sahifasidan
topishingiz mumkin
. IPAM sizda yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish,
shuningdek,
Loyiha boʻyicha hisobdorlik siyosati
va
koʻrsatmalariga
mos keluvchi
soʻrovlarni yuborish yoki koʻrib chiqish bilan bogʻliq barcha savollarga javob berish
uchun doimo tayyor. Kerak bo‘lsa, arizachilarning shaxsiy ma’lumotlarini maxfiy
saqlaymiz.