O'g'itlar me'yorini belgilash


Qishloq xo‘jalik ekinlarini qo‘shimcha hosil shakllanishida o‘rtacha o‘g‘it hissasi, % (L.M.Derjavin ma’lumoti



Yüklə 169,86 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü169,86 Kb.
#207709
1   2   3   4   5   6   7
Bozorboyev-Shohruxbek.- 1

Qishloq xo‘jalik ekinlarini qo‘shimcha hosil shakllanishida o‘rtacha o‘g‘it hissasi, % (L.M.Derjavin ma’lumoti)



Ekin turi

N

Р2 О5

К2О

Don ekinlari

28,3-63,0

16,9-61,9

6,2-28,2

Makkajo’hori (don)

35,4-58,3

33,5-61,4

0,0-31,1

Kartoshka (tuganak)

36,1-41,9

24,2-36,0

29,6-40,0

Qand lavlagi (ildizmeva)

27,8-40,6

35,9-50,0

22,1-27,3

Zig’ir (somonida)

30,5-56,8

22,1-43,2

0,0-38,2

Paxta (tolasi)

20,4-48,4

22,8-51,8

26,0-49,8

Tavsiya etiladigan o‘g‘itmeyorlariga muayyan tuproq, xo‘jalik sharoitlari hamda rejalashtirilgan hosil asosida tegishli aniqlik va o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘g‘itmeyorini rejalashda xo‘jaliklarning mineral o‘g‘itlarni harid qilishga bo‘lgan iqtisodiy ahvoli hamda to‘planadigan mahalliy o‘g‘itlar miqdoriga ham alohida e’tibor beriladi. O’g’itlarning maqbul, oqilona va eng yuqori meyorlari farqlanadi.
Ogitlashning maqbul meyori deb, har gektar maydondagi tuproqunumdorligini saqlagan yoki oshirib borgan hamda yuqori va sifatli hosil hamda yuqori darajada sof daromad olish uchun kerak bo’ladigan o’g’itmiqdoriga aytiladi. Ma’lumki, o’g’itmeyorining ortib borishiga bog’liq ravishda hamma vaqt ham qo’shimcha hosil miqdori ham oshib bormaydi, aksincha ma’lum bir meyordan keyin qo’shimcha hosil miqdorini kamayishi kuzatiladi.
O’g’itlashning oqilona meyori – ishlab chiqarishning muayyan tashkiliy-xo’jalik sharoitida bir gektar maydondan imkon qadar yuqori hosil olishni va shu bilan bir qatorda ma’lum miqdordagi iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan o’g’it meyoridir.O’g’itlashning eng yuqori meyori deganda, talab darajasidagi sifatga ega bo’lgan, maksimal miqdordagi hosil yetishtirish uchun qo’llaniladigan o’g’itmeyori tushuniladi. O’g’itlashning bu usuli xo’jaliklar o’g’itbilan juda yuqori darajada ta’minlangan hollardagina o’zini oqlashi mumkin. Hozirgi vaqtda o’g’itmeyorlarini belgilashning bir qator usullari mavjud.
O’g’it meyorini dala tajribalarining natijalari va agrokimyoviy haritanoma ma’lumotlari asosida belgilash. Respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan o’tkazilgan dala tajribalari natijalarini umumlashtirish asosida turli ekinlar uchun umumlashtirilgan o’g’itmeyorlari ishlab chiqilgan.
O’g’itlar meyorini balans usulida aniqlash. Rejalashtirilgan hosil uchun o’g’itlar meyorini hisoblashlar yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Mazkur usul asosida hosilning shakllanishi uchun sarflanadigan oziq elementlari hamda tuproqva o’g’ittarkibidan o’zlashtiriladigan oziq elementlari miqdorini taqqoslash yotadi. Ma’lum bir miqdordagi hosil bilan tuproqdan o’zlashtirib ketiladigan oziq moddalarining miqdori doimiy bo’lmasdan, ekinlarni yetishtirish sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgaradi. Shuning uchun hisoblash ishlarida o’zlashtirilib ketiladigan oziq elementlari miqdorini belgilash uchun xo’jalikda yoki unga yaqin ilmiy muassasalarda olingan ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Go’ng va mineral o’g’itlar tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning o’zlashtirilish koeffitsiyentlari ham ekin turi, tuproq-iqlim sharoitlari, o’g’itlarni qo’llash dozasi, muddati va usullari ta’sirida sezilarli darajada o’zgaradi.O’g’it meyorini belgilashda albatta o’g’it ishlatilmagan sharoitda shakllanadigan hosil miqdori yoki shu davrgacha qo’llanilib kelinayotgan o’rtacha o’g’it meyori aniq bo’lishi kerak.Rejalashtirilgan hosil uchun o’g’itlar meyorini hisoblashda tuproqtarkibidagi harakatchan shakldagi oziq elementlarining olib chiqib ketiladigan qismi ham hisobga olinadi. Lekin, tuproqdagi harakatchan oziq elementlaridan foydalanish koeffitsiyenti doimiy kattalik bo’lmasdan fosfor uchun 2 dan 20 foizgacha, kaliy uchun esa 10 dan 55 foizgacha o’zgarib turadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichlardan faqat tajriba ma’lumotlari mavjud bo’lgan hollardagina foydalanish mumkin.Mineral o’g’itlar meyorini belgilashning uyg’unlashtirilgan usuli. Ushbu usulda rejalashtirilgan hosil, tuproqning oziq elementlari bilan ta’minlanganligi, bonitirovka balli, o’g’itlar ustida o’tkazilgan tajribalarning natijalari, o’tmishdosh ekin va tuproqning bir qator xossalari yotadi.

Yüklə 169,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin