Ogohlantirish xati



Yüklə 9,59 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü9,59 Kb.
#166807
[@ustoz] Ogohlantirish xati


OGOHLANTIRISH XATI
Hurmatli ota onalar!
Yurtimizda yoshlarning ta’lim olishlari, kelajakda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan 11 yillik bepul majburiy ta’lim ham davlatimiz nazoratidadir. Ularning ta’lim olishlarini ta’minlashga ota-onalar mas’uldirlar. Bu yurtimizda qator qonun va hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasiga binoan, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish huquqbuzarligi birinchi marta sodir etilganda, eng kam ish haqining 5-10 baravari (ya’ni 330.000 x 10 = 3.300.000 so‘m) miqdorida, agarda huquqbuzarlikning ushbu turi bir yil davomida takroran sodir etilsa, eng kam ish haqining 10-20 baravari (ya’ni 330.000 x 20 = 6.600.000 so‘m) miqdorida jarimaga yoki 15 sutka qamoq jazosiga tortiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan majburiyatlaringizni bajarishingizni va farzandingizning davomatiga jiddiy e’tibor birishingizni so‘raymiz! Aks holda, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishingiz haqida qat’iy ogohlantiramiz!


FARZANDINGIZ TAQDIRI VA KELAJAGIGA
BEFARQ BO‘LMANG!


Xorazm viloyat Qoʻshkoʻpir tuman 43-umumta’lim maktabi
Maktab direktori: U Matniyazov
MMIBDO‘ : R. Erjanova
Psixolog: M. Nurmetova
Yüklə 9,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin