Ogzaki va yozma nutqning o‘ziga xosligi og‘zaki nutq


Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari



Yüklə 410,64 Kb.
səhifə4/13
tarix13.03.2022
ölçüsü410,64 Kb.
#53678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
13-мавзу (3)

Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari

Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni takomillashtirib va ularni bir qadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari uchun xos bo‘lgan yangi unsurlarni qo‘shadi.

Yozma nutq ta’lim jarayonida maqsadli ravishda egallab boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy muloqoti jarayonida ularga taqlid qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha yuqori talab qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan) tuzatishsiz kechadi. Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya’ni mimika, jestlar ishtirok etmaydi.

Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat'iy me’yorga va tartibga solingan adabiy tildan foydalanadi. Adabiy so‘zlashuv ulubida gaplarda so‘zlarning tartibi qaror topgan, inversiya (so‘z tartibining o‘zgarishi)ham unga xos bo‘lib so‘zlovchining hissiyotini yorqin tasvirlashga xizmat qiladi.Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z leksikasi bilan og‘zaki so‘zlashuv uslubidan farq qiladi . Adabiy so‘zlashuv uslubi leksikasiga oid so‘zlar”Imlo lug‘ati”dan joy olgan bo‘lib umum uchun tushunarlidir.



Yozma nutq Yozma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir.


Yüklə 410,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin