1.2 Diniy tarbiyaning vazifalari va vositalari
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Binobarin, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida iste’dodli, qobiliyatli olim va shoirlardan iborat xalq farzandlari etishib chiqib o’z ilg’or fikrlari bilan din, fan va madaniyatning turli sohalarini rivojlantirib hurfikrlik mazmunini boyitganlar.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni vaqtda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas. Xalq dinsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi.
Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.
Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib ketishiga asos bo’ldi.
Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lish ehtiyojini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyojdir. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazish haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
2) Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu hodisa dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
4) To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik vazifasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa birodarlari bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligini, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishini lozimligini nazarda tutadi.
5) Beshinchisi, dinning legitimlovchilik-qonunlashtiruv-chilik vazifasi. Dinning bu vazifasini yirik amerikalik sostiolog Talkott Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi».
6) Oltinchisi, dinning falsafiy-nazariy vazifasi. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir.
Kishilik jamiyati din doimio u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida – yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq» degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyustion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konstepstiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unitmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruh, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi». Dinning kelib chiqishi to’g’risidagi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan» degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra «din – bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zlarini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin» deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm hayoliy narsa-yu, din doimo ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan doimo birga bo’lgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1)Urug’-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan.
2) Millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar ularga yahudiylik, hunduiylik, konfustiychilik va daostizm (xitoy), sintoizm (yapon) kiradi.
3) Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari kiradi.
Dinlar o’z ta’limotlariga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik va islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduiylik, konfustiychilik, xristianlik) dinlariga bo’linadi.
3.Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar - ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo’rquv, bilimning etishmasligi va boshqalar shunga olib keldiki uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo’la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov qurollari va mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog’liq holda o’sib borishi ibtidoiy diniy tasavvurlarning yanada rivojlanishiga va mustahkamlanishiga hamda diniy g’oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g’oyalardan eng birinchilaridan biri dafn etish marosimidir. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo’yoqlar bilan bo’yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlari, mehnat va ov qurollari qo’yar edi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi ibtidoiy tasavvurlar mavjudligidan dalolat beradi. Ibtidoiy g’oyalarning yana biri ov qilish marosimidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g’ayritabiiy tarzda aloqa bog’lashga intilganlar. Shu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning hulq-atvoriga ta’sir o’tkazishda katta yordam beradi degan tasavvurlari mavjud bo’lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik tiriklar bilan marhumlar o’rtasida aloqa bog’lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamanlar, folbinlar va h.k. faoliyatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |