Oila pedagogikasi


OILADA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

OILADA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING
SHAKL VA YO‘LLARI
Oilada bolalarga ekologik tarbiya berishning
mazmuni
Oilada ham bolalami tabiat bilan tanishtirish orqali 
ularda axloqiy sifatlami tarbiyalash mumkindir. Bunda 
bolalar yoshiga mos bo‘lgan badiiy asarlardan, suhbatlardan, 
sayrlardan va turli xil ta’limiy o‘yinlardan foydalanish 
mumkin.
Bolalar adabiyotida tabiat turli vositalar yordamida 
ifodalanadi. 0 ‘z mazmuniga ko‘ra ilmiy bo'lgan tabia- 
tshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda san’atning bir turidir. 
Uning xususiyatlari mana shundadir.
237


Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni, 
kuzatuvchilikni, bilimga boMgan havasni tayyorlash uchun 
boy materiallami beradi. U bolalar oldiga yangi savollami 
qo‘yadi, bolalami atrofidagi tabiatga diqqat bilan qarashga 
majbur qiladi.
Tabiat haqidagi bolalar kitobi ota-onalar qo‘lida katta 
bilim qiymatiga egadir. U kuzatilayotgan joydan chetga olib 
chiqadi va shu orqali bolalami tasawurlarini kengaytiradi, 
bolani bevosita idrok etolmaydigan hodisalar bilan tanish- 
tiradi. Kitob yordamida boshqa iqlim zonalaridagi tabiat 
hodisalari, hayvon va o‘simliklaming hayoti haqida bilish, 
predmet va hodisalar haqidagi mavjud tasawurlarini aniqlash 
hamda aniqlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik kitobi bola­
larda jonsiz tabiat hodisalarini olib beradi, tabiatda mavjud 
aloqa va munosabatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, mavsumiy 
o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayotiy 
talablariga muvofiq tabiatni qanday o‘zgartirayotganini va 
tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko‘rish mum­
kin.
Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo‘lgan dastlabki 
dunyoqarash tasawurlarini, olamni materialistik tushunishni 
shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
0 ‘rmon, dala, yaylov, daryo va ko‘l qirg‘oqlariga uyush- 
tirilgan ekskursiyalar bolalarning diqqatini jalb qiladi. Oilada 
tabiat burchagi tashkil qilib, ulami kuzatib, o‘rganishga 
harakat qiladi. Ekskursiyalar tufayli bolalarda kuzatuvchanlik, 
tabiatni o‘rganishga qiziqish o‘sadi. Ular predmetni sinchik- 
lab kuzatish va uning xarakterli xususiyatlarini qayd qilishga 
odatlanadilar.
238


Tabiatning go‘zalligi bolalarda chuqur his-tuyg‘ulami 
uyg‘otadi, o‘chmas taassurotlar qoldiradi. Estetik mada- 
niyatning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga 
muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, Vatan- 
ga muhabbatni shakllantiradi.
Bolalami tabiat bilan tanishtirish yoki oilada bolalarga 
ekologik tarbiya berish uchun tabiat qo‘yniga sayrlardan keng 
foydalaniladi. Oilaviy sayrlar vaqtida bolalar tasawurlarini 
shakllanishi uchun uzoq muddat talab qilinadigan tabiat 
hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalarga 
qominig erishi, kurtaklarnig bo‘rtishi, maysalaming paydo 
bo‘lishi, gullaming ochilishi, daraxt yaproqlarining paydo 
bo'lishi va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy 
materiallar - qum, loy, suv, muz, barg va shu kabilar bilan 
xilma-xil o'yinlami tashkil etish mumkin. Oiladagi bolalarda 
sezgi tajribasi yig‘iladi, ular tabiat hodisalarini barcha aloqa 
va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar. Sayrlar 
bolalarga katta quvonch, tabiat bilan munosabatda bo‘lish esa 
izzat baxsh etadi.
Sayrlar vaqtida gulzor va ekinzorlarda katta ishlami 
amalga oshirish mumkin. Bolalar o‘simliklami sug‘oradilar, 
oziqlantiradilar, yemi yumshatadilar.
Oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda va ulami tabiat 
bilan tanishtirishda ta’limiy didaktik o‘yinlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar 
tabiatdagi hodisalami, kishilami o‘zaro bir-biri bilan muno- 
sabatini o‘yin orqali qabul qiladilar. Bolalami tabiat, 
o‘simliklar, hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarini, tasawur va 
tushunchalami kengaytirish, aniqlash va mustahkamlashda 
turli hil o‘yinlardan foydalaniladi.
239


Ekologik tarbiya samaradorligini oshirish ekologik ta’lim- 
ga bog‘liqdir. Bolalar ongiga ta’limni yaxshiroq sindirishga 
o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limiy o‘yinlardan tabiiy sharoitda o‘tkazilishi mum- 
kin. Ta’limiy o'yinlar bolalami xotira, diqqat kuzatuvchanlik 
kabi bilish jarayonlarini o‘sishga yordam beradi. Bolalami 
tabiat bilan tanishtirishda: «0 ‘simlikning nomini top», «Bargi 
qaysi daraxtga tegishli?» yoki «Bargiga qarab top», «Me- 
vasidan top», «Qaysi o‘simlik haqida gapirildi?», «Urug‘idan 
top» kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinlardan 
ota-onalar oilada bolalami tabiat bilan tanishtirishda 
foydalanishlari mumkin. Buning uchun ota-onalar bolalami 
o‘simliklar yoki gullar, daraxtlar, butalar va shu kabilar bilan 
tanishtirish uchun «Botanika bog‘i»ga yoki bo‘lmasa imkoni 
boricha ochiq tabiat qo‘yniga olib chiqishlari shart.
Oilada bolalami nafaqat o'simliklar dunyosi yoki 
hayvonlar dunyosini ham bilishlari lozim. Buning uchun 
«Hayvonot bog‘i», «Tabiatshunoslik muzeyi», «Geologlar 
muzeyi», «Ekosan», va «Bioekosan» markazlarini tomosha 
qilib, bir qancha bo‘lsa ham ekologik onglarini oshiradilar. 
Ba’zi oilalaming «0 ‘z tabiat burchaklari» bo‘ladi. Bulaiga uy 
sharoitda boqiladigan qushlar, parrandalar, akvariumlari, 
qo‘y va mollari nazarda tutiladi. Bola ilk davrlaridan shulami 
ko‘rib ularga mehr berib voyaga yetib ulg‘ayadi. Bu esa 
ekologik ta’limning boshlanishi desa ham bo‘ladi.Bola kun 
bo‘yi ulaiga o‘z mehrini berib oziqlantiradi, kuchuk, 
mushuklami to‘g‘ri harakat qildirishga tarbiyalaydi, kuzatadi 
parvarish qiladi. Uning xatti-harakatlarida bolalar quvonib, 
his-tuyg‘ularga berilib, mehrli bo‘lib o‘sadilar. Tabiatdan 
unimli foydalanishga o‘rgatish uchun bolalar ongida ekologik 
madaniyatni shakllantirish zarur.
240


Bolalar tabiat haqidagi elementar bilimlarini egallab olib, 
o‘simliklami (xona o‘simliklarini ham) o‘stirish, hayvon va 
parrandalami (uy sharoitida boqiladigan ba’zilarini ham) 
parvarish qilishning oddiy usullarini o‘rganib, tabiatni ku- 
zatish, anglash, uning go‘zalliklarini ko‘ra bilish va ulardan 
bahra olgan taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan ehtiyot- 
korlik va g‘amho‘rlik qilish munosabatida bo‘lishni tarbiya- 
lash imkoniyati tug‘iladi.
Oilada bolalarga ekologik taibiya berishda oddiy usul- 
lardan foydalanish mumkin; rasmlar ko‘rish va chizish; kino 
va diafilm, multfilmlami namoyish etish orqali; amalda 
mashg'ulotlar va suhbatlar o‘tkazish; mehnat (amahy), ota- 
onaning oddiy tajribalari (bolalar bilan birga) o‘tkazish; 
og‘zaki tushuntirishlar, maqollar, nasihatlar, hikmatli o‘git- 
lar, badiiy asarlar, ertak, afsona va miflardan foydalanish, 
so‘zlab-o‘qib berish, suhbatlashish va she’rlami o‘qib yod 
oldirish orqali.
Bolalami o‘simliklar va hayvonlami sevib, asrab-avay- 
lashga o‘rgatmoq uchun oiladagilaming o‘zi shu fazilatlarga 
ega bo'lishlari shart.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
ma’lum kunlarga bo‘ysungan holda boradi. Bu qonunlaming 
buzilishi ertami-kechmi ekologik halokatga olib keladi.
Ekologik tarbiya insonning tabiatga bo'lgan yangicha 
munosabatlarini shakllantirishda muhim bosqich hisoblahadi. 
Bu yuksak ekologik madaniyatli, o‘z Vataniga, eliga xizmat 
qiladigan insonning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilish 
mumkin.
Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. 
Insonlarda ekologik ongni va tafakkukmi tarbiyalash, ulami 
tabiat qonunlarini tushuntirishlariga yordam beradi.
241


Matabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ekologik tafbiya 
berish uzoq davom etadigan jarayondir. 
Har bir insonga 
ekologik tarbiya berish orqali ulami tabiatga nisbatan bo'lgan 
munosabatlari o‘zgaradi. Bu esa ekologik muammolami 
bartaraf etishga yordam beradi.
Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo‘riq- 
lash masalalari ongli ravishda hal etish uchun oila, bog‘cha, 
maktab, jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat 
sirlarini va undan to‘g‘ri foydalanish usullarini har tomon- 
lama puxta bilib olishlari shartdir.
Oila jamiyatning asosiy negizidir. Shuning uchun ham 
bolalarga oilada ekologik tarbiya berishga katta ahamiyat be­
rish zarur.
Oilada ekologik tarbiya berishning bir necha bosqich- 
larida amalga oshirish mumkin.
I bosqich: bunda ota-onalarga bolalarga ekologik tarbiya 
berishning yo‘llari va shakllari, vositalari to‘g‘risida bilimlar 
beriladi.
II bosqich: u bosqichda ota-onalar o‘zlari o‘zlashtirgan 
bilimlarini amaliy jihatdan qo‘llay boshlaydi. Bolalar bilan 
kuzatishlar, ekskursiyalar, sayrlar, suhbatlar tashkil etadilar.
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishi oilada 
bolalarga ekologik tarbiya berishning ayrim masalalarigina 
hal etishga yordam beradi. Bu tavsiyalardan ota-onalar, tar- 
biyachilar bolalarga ekologik tarbiya berishdan foydalanishlari 
mumkin.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin