Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ota-onalar majlisi
Ota-onalar majlisiga bog‘chadagi hamma guruh bolalari- 
ning ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh 
bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalami maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalami har tomonlama rivojlantirish va tar- 
biyalash vazifalari, 
shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mita- 
sining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg'or tajribalar bilan ta- 
nishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiya- 
chi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar 
gapirishadi. Bular ta’lim-taibiya ishidagi yutuq va kamchi- 
liklami aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik 
aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalaming o‘z bolasining 
tarbiyasi uchun javobgarligirii 
oshiradi, ularda bog‘chaga 
qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur bolalaming ota- 
onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
260


Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy 
tarbiya berishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta gurahda o‘tka- 
ziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda 
mehnatsevarlikni tarbiyalashda bog'cha va oilaning biiga- 
likdagi ishlari», «Bolalarda kattalaiga hurmatni tarbiyalash» 
va hokazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyoiiangan ma’ruzani bolalar ishini
tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘- 
shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘ri- 
sidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko'proq 
bo‘lishi kerak, salbiy faktlami gapirishda ehtiyotkorlik va 
odob doirasidan chetga 
chiqmaslik, tanqid qi-linuvchi- 
laming nomlari ko‘isatilmasligi lozim. Tanqidiy muloha- 
zalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota- 
onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchilik- 
lami bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi 
mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-ona- 
larga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya 
ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu 
majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollar-ning 
yangi tarkibi saylanadi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin