Oila pedagogikasi


Maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi
asosiy omiUar
Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik qilishga jiddiy 
talablar qo‘yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy 
ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o‘z-o‘zidan, paydo 
bo'ladi. Faqat maqsadga yo‘naltirilgan va uzoq muddatga 
mo‘ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga optimal 
tayyorligiga olib keladi.
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? deganda 
kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va 
tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolganda 
tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblanadi. Ammo 
boshqalar bolani faqat maktabdan oldingi bir yil davomida 
tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba’zi ota-onalar bola 
bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, 
deb o‘ylashadi.
Maktab hayotiga binoan kim tayyorlashi kerak? Bog‘cha 
tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog‘cha 
davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur 
talablariga binoan shuni amalga oshirishadi (bajarishadi). 
Lekin aynan maktabga borishdan awal ular tayyorgarlikka 
alohida diqqat-e’tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchilik- 
lami bartaraf etishadi, bilimlarni bir yo‘nalishga solishadi, 
to‘g‘ri gavdani tutish (osanka)ni mustahkamlashadi, mayda 
motorikasini rivojlantiradi va hokazo.
300


Lekin oila - bu bola tug‘ilishidan keyin yashaydigan bi- 
rinchi ijtimoiy muhit. Oila bola o‘zini birinchi ijtimoiy taj- 
riba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari 
orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalami tushunib yetadi va 
qadrlaydi. Shuning uchun maktabga tayyorlashda oila - hal 
qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalaming ko‘pchiligi 
bolani maktabga tayyorlashda bog‘cha bilan oilaning ham- 
korligi orqali amalga oshirish kerak deb hisoblashadi. Bunday 
ota-onalar bog‘cha va oila alohida bo‘lganda yaxshi natijaga 
erishilmaydi, ya’ni bolani maktabga yaxshi tayyorlay olmaydi 
deb hisoblashadi.
Ba’zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javob- 
garligini bog‘chaga yuklashadi, ba’zilari esa butun javobgar- 
likni o‘z bo‘yniga olishadi.
Ya.A.Komenskiy o‘zining «Onalar maktabi» kitobini 
maktabga tayyorlash bobida shunday yozadi, barcha insonlar 
bajaradigna ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. 
Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorla- 
shadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmuni- 
dan tashqari, Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifa- 
lami ko‘rsatadi:
1. Bolalarda maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan 
o'qigan va o‘ynagan xursandchilik hissini tug‘dirish.
2. Bolalami maktabdagi ta’limning mohiyatini tushun- 
tirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolalar bo‘lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va 
ishonchni shakllantirish.
Hozirgi zamon ota-onalar bolalami maktabga qanday 
tayyorlashmoqda. Biz shuni ko‘rsatib o‘tgan edikki, ota-ona­
laming ko‘pchiligi maktabda yaxshi o‘qishning shartlaridan
301


biri-shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, 
bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning 
uchun mashg‘ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirasini 
rivojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o‘ringa bolani 
o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo‘yishadi, yod- 
latishadi, suhbatlashadi, birgalikda mantiqiy o‘yinlar o‘yna- 
shadi. Gohida — mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shu- 
g‘ullantirishadi. Bu yetarli emas albatta.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin