1978-yil
10-dekabr.
«Oila pedagogikasi» fanining vazifalari qaysi bandda
to‘g‘ri ko‘reatilgan?
a) yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash;
b) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlami
yoshlarga yetkazish;
d)
oilaviy an’analarga binoan bolalaming tug‘ilishlari
bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar va urf-odatlami yoshlarga
yetkazish;
e) hamma javoblar to‘g‘ri.
«Eng birinchi galda nasl-nasabni toza saqlamoq, qadr-
qimmatni bilmoq inson tarbiyasining gultojidir» — ushbu
jumlalar qaysi muallifning qanday asarida keltirilgan?
a) A.Navoiyning «Hamsa»sida;
b) Kaykovusning «Qubbusnoma»sida;
d) A.Fitratning «Oila»sida;
e) A.Qodiriyning « 0 ‘tgan kunlar»ida.
314
v
«Bolali oilalami ijtimoiy qo‘llab-quwatlash to ‘g‘risi»dagi
qaror qachon qabul qilingan?
a) 1996-yil 1-yanvar;
b) 1997-yil 1-yanvar;
d) 1997-yil 31-dekabr;
e) 1996-yil 31-dekabr.
«Oila pedagogikasi» asarining muallifi kim?
a) Oysha Xasanboyeva;
b) M.Inomova;
d) O.Musurmonova;
e) A.K.Munawarov.
BMT tomonidan qabul qilingan «Inson huquqlari umum-
jahon dekloratsiyasi»ning qabul qilingan vaqti qaysi bandda
to‘g‘ri ko'rsatilgan?
a) 1948-yil 10-dekabr;
b) 1958-yil 12-dekabr;
d) 1955-yil 12-dekabr;
e) 1978-yil 10-dekabr.
Oilada ota-onalaming savodxonlik darajasi, uning oilani
mustahkamlashdagi roli
Oila va nikohning paydo bo‘lishiga sababclii omillardan
biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug‘ilishidir.
Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabat-
larini tasawur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan
insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o‘ziga xos
bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirgan-
ligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat bera-
diki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy
315
mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari
farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini
bajo keltirib, unga cheksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgacha bo‘l-
gan munosabatlarga aylangan. Ota-ona — bola munosabat-
larini agar tarixiy davrlarga bo'ladigan bo‘lsak, ota-onaning
bolaga yondoshuv usullari bo‘yicha qator bosqichlami
boshdan kechiiganligini ko‘rish mumkin.
Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol
aloqalari oqibatida farzand tug'ilsa, unga deyarU befarq
qarash, ya’ni, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday mu-
nosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo‘lib, bolani
dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri un-
chalik ahamiyatli bo‘lmagan. Yangi asrga kelib, bu muno
sabatlar tubdan o‘zgargan, odam zotida
egoizm,
o ‘ziga
tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi
o‘zidan bo‘lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o‘z
aksini topgan.
Mulkchilik shakllarining o'zgarishi, turmush tarzi qad-
riyatlariga monand kattalaming bolaga nisbatan his-kechin-
malari ham o‘zgarib borgan. Masalan, XIX asming boshlari
XX asrlaming o‘rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining
jamiyatda tutajak o‘rinlari, ulaming ijtimoiylashuviga alohida
e’tibor bera boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalaming
kichiklar taqdiriga befarq emasligi, ulami qo‘llab-quwatlash,
rivojlanishiga ko‘maklashishning ahamiyatini anglash davri
bo‘lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham davom
etib kelmoqdaki, endilikda tug‘ilgan bolaga e’tibor oilaning
barcha qadriyatlaridan ustun ham keladi. Lekin bunday
g‘amxo‘rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o‘ziga xoslikka
ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropa xalqlari)
316
bolaga u kichikligida juda katta mehr va g‘amxo‘rlik ko‘r-
satadi, taxminan o‘smirlik davridan boshlab, uning erkinligi
tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uslub-
lari o‘zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorla-
shadi. Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, far
zand balog‘atga yetgani sari ota-onaning unga e’tibori
kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklarda
ham oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalaming kichik
yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab,
juda katta qayg‘urish bilan uning ma’naviy, ruhiy rivoj-
lanishiga e’tibor qaratilmaydi. Lekin qiz bola balog‘atga
yetib, ko‘rkamlashib borgani sari, o‘g‘il bolaning qo‘lidan ish
kelib, qatorga qo‘shilgani sari, ota-onada ulardan g‘urur-
lanish, taqdiriga kuyunish, g‘amxo‘rlik ko'rsatish ham ortib
boradi. Bunday g‘amxo‘rlik shu qadarki, uylangan o‘g‘ilning
qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilaveradi,
bu ba’zan, qaynona-kelin munosa-batlarida, yoki ota-o‘g‘il
munosabatlarida tarangliklami, nizolami keltirib chiqaradi.
Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzand-
larini tug‘ish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o‘ziga
xos metodlami qo‘Hagan. Boshida o‘zidan ajratishni, hayotga
tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jami-
yatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga
yordam beradigan bo‘lib borgan, ota-onadagi egoizm bola-
lardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda ko‘pgina ota-
onalar farzandlarining faqat o‘zini o‘ylashi, ota-onani
tushunmasligidan noliydigan ham bo‘lib qolgan. Lekin aslida
tarixiy rivojlanish tendensiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat
ota-onalaming o‘zlari aybdordirlar.
317
Oilada farzand tug‘ilishi, uning soni va tarbiya berish
imkoniyatlari masalasi har doim ham dolzarb bo‘lgan. Lekin
ayrim G ‘arb davlatlarida, jumladan, Rossiyada oilada bola
sonining keskin kamayib ketishi munosabati bilan er-
xotinning reproduktiv huquqi, madaniyati va xulqi masalasi
ayni davrda o‘ta dolzarb masaladir. Rus olimi S.P. Ka-
pisaning (1999) pessimistik bashoratiga ko‘ra, Rossiyada
1995-2025-yillar oralig‘ida tug‘ilishning kamayishi 2 mln.dan
(optmaslik bashorat) 32 mln.gacha tushib (pessimistik basho-
rat) ketadi, bu raqamga 1995-yilgi 147,9 mln. aholi soni asos
qilib olingan. Shuning uchun jahon olimlari, Xalqaro aholi-
shunoslik jamg‘armalari (jumladan, YUNFPA, YUNISEF)
oilada sog‘lom bola tug'ilishi siyosati orqali yer yuzining turli
mintaqalarida reproduktiv xulqni muvofiqlashtirish masala-
siga alohida e’tibor berib, aniq tadqiqotlar o‘tkazmoqda.
Bundagi asosiy muammo — onaning reproduktiv xulqini
boshqarish va muvofiqlashtirish, uning salomatligini muho-
faza qilish, sog‘lom zurriyod tug'ilishini kafolatlashdir.
Dostları ilə paylaş: |