VIII bob.
OILADA EKOLOGIK TARBIYA
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mam-
lakatimiz
taraqqiyotida, 0 ‘zbekistonning
buyuk
davlatga
aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish,
fuqarolami zamonaviy ilm-fan, madaniyat,
texnika va
texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib
borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot
taqdirini ma’naviy
jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va
murakkab texnologiyani egallagan,
irodasi baqquvat, iymoni
butun, teran fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar hal etadi.
Kelajak taqdirimizda hal qiluvchi ta’sir ko'rsatadigan
asosiy omil-fan, texnika, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-
tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangilik va
yutuqlami, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda
o‘rganish va rivojlantirish hayotga joriy etishdir.
Ma’lumki, hozirgi zamon fan-texnikasining
jadal rivoj-
lanishi tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada,
murakkab ekologik muammolar kelib chiqdi. Ulami hal
qilish
uchun yoshlami, ya’ni o‘sib kelayotgan yosh avlodni
yuqori saviyada ekologik ma’lumotli va tabiat qonunlarining
bilimdoni, ekologiyaga oid muammolami
hal qila oladigan
muta-xassislar qilib tayyorlashimiz zarur bo‘lib qoldi.
Jamiyatning tabiatga ta’siri kundan-kunga oshib bora-
yotgan davrda ekologiya faniga qiziquvchilar safi borgan sari
kengayib bormoqda, lekin hamma ham ekolog bo‘la olmaydi.
Tabiiy
voqelikni tushunib, ulaming kelib chiqish sabablarini
221
aniqlab, salbiy holatlarini tuzatishga ijobiy yondashadigan,
tabiat qonunlarini
inobatga olibgina qolmasdan, balki ular
asosida o ‘z hayot faoliyatlarini tuza oladigan kishilargina
ekolog bo‘la oladilar.
Dostları ilə paylaş: