Maktabgacha ta’lim maassasasining oila bilan
hamkorlik ish shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila
bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
-
bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalik-
ni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida
256
amalga oshirilayotgan ishlaming mazmuni bilan tanishtirib
borish;
- ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun dav-
lat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
- ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim,
malakalardan xabardor qilish (bolalaming yosh, anatomik-
fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ulami oilada tarbiyalashning
mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
- bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri
tarbiyalashni nazorat qilib borish,
oila tarbiyasining eng
yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.
Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlami oila
sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilat
lami esa bolalar bog‘chasida qo‘llansa istalgan ijobiy nati-
jalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy
ishlami ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va
shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal
etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlami rejalashtirish, tashkil etish va ularga
rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu
reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada
umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik
kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘r-
gazmalar tashkil etish va konsertlar qo'yib berish, shuning-
dek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘l-
gan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va
mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining
kalendar rejasida aks etadi.
257
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni
tarbiyachi — pedagog amalga oishiradi, chunki u bola
taibiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlami hammadan ko‘proq
ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U
ota-onalaiga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor
berish kerakligi, ulami maktab ta’limiga tayyorlash,
sog‘-
lig'ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish
va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar bog'chasi va oila o'rtasida hamkorlik o‘ma-
tishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda
faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola taibiyasida ku-
tilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan
ishlashda
quyidagi
alohida
ish
shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga
borish, ayrim ota-onalami bog‘chaga taklif etish, alohida
esdaliklar va ko'chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad-oila sha-
roiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila
a’zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalami bola tar-
biyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning
bola taibiyasidagi ijobiy tajribalami o‘rganib, omma-
lashtirishdir.
Taibiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas,
balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam be
ruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xush-
muomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi
har bir oilaga har gal borishidan awal o‘z oldiga aniq
maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan
belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta
o ‘ylangan bo‘lishi kerak.
258
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-
ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o'rtasida ishonch-
li aloqa o‘matilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tar
biyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalaming fe’l-atvori, oilaviy
munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘rsida ma’
lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar
hurmati va ishonchini qozonmoq uchun awal ota-onalarga
bolaning
ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini
bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini
qanday tashkil
etish kerakligi, unga nimalami o‘qib va hikoya qilib berish
mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qat-
nashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim-
tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida
bolaning yoshi, imkoniyatlari, o'ziga xos xususiyatlari e’ti-
borga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va masla-
hatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning
boshqa
a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif
qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini
qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan awal u
qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalaming uquv va
imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining
rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettinlishi kerak.
Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta
borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mazmuni
rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muho-
kama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
259
- bolalami tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming
vazifasi to‘g‘rsidagi qonunlar, bolalami maktabga tayyorlash
haqida;
- maktabgacha taibiya muassasalarining yillik ish rejasi
to‘g‘risida;
- ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar
shular jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo'lib muhokama qilish uchun
ota-onalaming guruhi va um um iy. majlislari, maslahatlar,
kon-ferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari
jamoa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |