Oila pedagogikasi


lari kamsitilgan fuqarolar aksariyat hollarda o‘z huquqlarini



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

lari kamsitilgan fuqarolar aksariyat hollarda o‘z huquqlarini
himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan mexanizmidan,
shu jumladan, mansabdor shaxslaming noqonuniy xatti-
harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imko-
niyatlaridan foydalanmaydilar. Aynan huquqiy madaniyat-
ning yetarli emasligi ayrim fuqarolaming jumladan, ayollar-
ning ijtimoiy faolligi past darajada bo‘lishining asosiy saba-
bidir.
335


Demokratik jamiyatimiz fuqarolarini huquqiy bilimli
qilish, huquqiy madaniyat darajasini oshirish uchun huquqiy
targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yishlik lozim bo'ladi.
Huquqiy targ‘ibot kishilar ongiga mavjud qonunlaming
ma’no-mazmunini singdirish va uni hurmat qilish, amal
qilishga undovchi harakat deb tushunish mumkin. Ushbu
harakat natijasida fuqarolarda huquqiy savodxonlik va hu­
quqiy madaniyatni shakllantirish mumkin bo‘ladi.
O'zbekistonda mustaqillik yillarida huquqiy taig‘ibotning
muayyan tizimi yaratilgan. Bu ishlar asosan radio, tele-
videniya, huquqiy nashrlar, shuningdek, turli uchrashuv,
davra suhbatlari orqali amalga oshirilmoqda. Ular asosida
maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar, ruknlar tashkil etilgan. Har
bir eshittirish va ko‘rsatuvlar hayotiy misollar asosida tashkil
etilmoqdaki, bu ommani o‘ziga tez jalb etmoqda.
Aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar va davra suhbatlari
jonli muloqot shaklida uyushtirilishi, ulami ko‘plab savol-
lariga javob olishlari bilan birga, huquqni himoya qiluvchi
organ xodimlari bilan yaqinlashuvni, ulami faqat jazolovchi
shaxs emas, balki xalq manfaatini himoya qiluvchi shaxs
sifatida qarashga ham undovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin