Oila pedagogikasi


albatta. Inkluziv ta’limni umumta’lim maktabda nogiron



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

albatta. Inkluziv ta’limni umumta’lim maktabda nogiron
bolalarga qonunchilik asossiz, ilmiy, tashkiliy, tibbiy man-
basiz, texnika vositalari imkoniyatisiz singdirish mumkin
emas, aks holda bu maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar nati-
jasida katta muammolami keltirib chiqarishi mumkin.
2001-2005-yillar,bosqichidagi reabilitatsiyaga oid bo‘lgan
Davlat dasturida ko'rsatilgan muammolaming ba’zilari o‘z
yechimini topgan. Lekin, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalar dasturini puxta ishlab chiqish taqozo etiladi. Talabga
mos bo‘lgan tartibdagi dastur o‘z ichiga bolani parvarish
qilish va tarbiyalash malakasiga ega bo'lish, shuningdek, bar-
chaga kerakli bo‘lgan psixologik, pedagogik hamda tibbiy
bilimlami bera oladigan ta’lim muassasalarini qamrab oladi
va shu bilan birgalikda oiladagi jumboqlami yechish va bola­
ni uyda tarbiyalash hamda parvarish qilishni ota-ona ongiga
singdirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
364


Ayni kunda ta’lim tizimi muammolari sirasiga oila
muammolaridan sanalgan alohida yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalar bilan bog‘liq masalalar o‘zining dolzarblik xususiya-
tini yo'qotmagan. Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va
ota-onalar 
klubiga 
tegishli 
ma’lumotlarga 
qaraganda,
poytaxtda bunday oilalar soni 2000 dan ortiq ekanligi ma’-
lum bo'ldi. Bolalami reablitatsiya qilish va moslashtirish ha-
qida gap ketganda, albatta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilasidan oladi-
gan yordam tasawur etiladi. Agarda, bunday oila iqtisodiy
tanglik holatida bo‘lsa, ijtimoiy mehnat va ta’lim olishda
to‘sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o‘zini ruhan ojiz sezadi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin