Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Gigienik talablar.
0 ‘yinchoq qurilishi qanday mate- 
rialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech 
qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalay olish mumkinligi 
asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar.
Shakl, bo‘yoq va bezaklar bilan har 
tomonlama uyg‘unlashuv, bir-birini rang va shakl jihatdan 
to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshi- 
radi. 0 ‘yinchoqlaming tuzilishi va bezalishi bolalaming turli 
yosh bosqichlarda idrok etish xususiyatlariga to‘la mos 
kelmog‘i lozim.
To‘g‘ri tanlangan o'yinchoq-bolaning jismoniy, axloqiy, 
aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘r- 
satadi.
Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik 
0
‘yinchoq- 
laming butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va 
nutq rivojiga, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, 
buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish 
shakllanadi, bilim-tushunchalari boyib boradi.
Bolani 
axloqiy tarbiyalashda - o‘yinchoq bolani 
quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil 
qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his- 
tuyg‘ulami tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ulami shakl- 
lantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Qo‘g‘irchoq
191


- o'zining keng ma’noli xislatlari bilan bola hayotiga kirib 
keladi. Milliy qo‘g‘irchoq — bolalami boshqa millatga 
mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatni 
tarbiyalash 
manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi 
yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o'yinchoq 
estetik hislar va kechinmalar uyg'otadi, estetik tarbiyani 
to'plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu 
o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yin- 
choqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
Bolaning jismoniy taibiyasida o£yinchoq bolalami turli 
rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga 
bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini
harakatlaming aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar 
(shakldoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshqalar) 
bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash 
harakatlari va buyumli harakatlami o'stirishga yordam beradi.
0 ‘yinchoq - ta’limiy va taibiyaviy ahamiyatga ega.
0 ‘yinchoqlaming 
turiari 
va 
ko‘rinishlari 
bo'yicha 
quyidagi turkumlarga ajratiladi:
- sujetli-obrazli;
- texnika o‘yinchoqlari;
- qurish - yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
- didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar;
- sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yin- 
choqlar;
- yig‘ma - bo'linma o‘yinchoqlar;
- teatr va dekarativ o‘yinchoqlar; (soya va qo‘g‘irchoq 
teatrlarining personajlari, drammalashtirilgan o'yinlar uchun 
kiyimlar, archa o'yinchoqlari);
- o‘yinchoq - ermaklar;
192


- ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
- qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman 
o‘yin jihozlari.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin