12-MAVZU: INKLYUZIV TA’LIM MODELLARI
REJA:
1.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi
2.
Inklyuziv ta’lim madaniyati
3.
Inkyuziv ta’limning maqsad va
vazifalari.
4. Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagog va uning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya,
resurs, resurs pedagog.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib,
inclusive, inclusion - uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish
ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog’lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlami
(diskriminatsiyani)
bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim
sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar
yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy
hayotga moslashtirishga
yo'naltirilgan umum ta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovcbi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’lim siyosati turli xil ehtiyojli bolalaming ta’lim olishini qo‘llab-
quwatlaydi, va yutoqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga
imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini
rivojlantiradi va barcha
bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalaming
ta’lim olishiga oid qo‘shimcha
inoslamalami tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi.
Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli
bolalaming ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat
qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlami 188 qondirishga qaratilgan ixcham
turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishiab chiqishni amalga oshiradi.
Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o'qitish bir muncha samarali va
unumli bo‘lsa, bu nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar uchun
foydali boladi. Inklyuziv ta’Km maktablari bolalaming bilim olishi uchun shaxsiy
huquqlarini himoyalaydi.Bunday yondashuv diskriminatsiyani
bartaraf etadi,
kamaytiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng
dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan
bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan
bolalaming ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo'lmaydi degan
taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun
dunyoda maktab yoki intemat
shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi
sifatida faoliyat yuritadi.Imkoniyati cheklangan bolalaming maxsus ta’lim tizimida
o‘qitilishi ulaming maktabni tugatgach ijtimoiy
jamiyatga moslashib
ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ulaming o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga
majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat
qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus
ehtiyojli
bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda
alohida yordamga muhtoj bolalaming
rivojlanish darajasi, imkoniyati,
nuqson
xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim
olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati faol amalga
oshirilmoqda.