Inklyuziv ta’lim madaniyati. ≪Salamanka deklaratsiyasi≫ga muvofiq, har
bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llabquwatlovchi va ma’qullovchi
islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati,
dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan
ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bu kontsepsiya universal
foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda
inklyuziyaga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlami o‘zlarining
tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi. Biroq inklyuziv ta’limning
mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi
189 bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
≪Inklyuziv≫ va
≪integratsiyalashgan≫ atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi.
Nogiron bolani oddiy sharoitga moslashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan
birinchi qadamdir. Imkoniyati heklangan bolalaming umumta’iim muassasalari
tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida
≪inklyuziv≫ yoki ≪integratsion≫
ta’lim atamalari
bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu - diqqat markazida bolaning aynan
maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktab
ta’limiga qamrab olishdir.Integratsiyalashgan ta’limda bolaga alohida yordamga
nuhtoj
shaxs sifatida qaraladi. Ushbu ta’lim tiziminmg quyidagi shakllari mavjud:
Jismoniy integratsiya.Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron
bolmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy
maktab bilan yomna-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf
tashkil qilish mumkin.
Funksional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar
o'rtasidagi funksional muammolami kamaytirishga qaratilgan.
Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolami
kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi
o‘zaro aloqani qo‘llab-quwatlavdi.