1 I.A.Karimov. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin». «O'zbekiston», 1994,
104 — 105-betlar,
43
hurmat bilan munosabatda bo'lish, oila kitobxonligini tashkil
etish, oilada til, muloqot va kiyinish madaniyatiga alohida
e’tibor berish, farzandlarga kasb-hunar o‘rgatish, oilada bo‘sh
vaqtni ijtimoiy foydali mehnat vositasida samarali tashkil
etish oila ma’naviyatini shakllan-tirishning muhim sharti
hisoblanadi. Bu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining «Ma’na-
viyat va ma’rifat sohasidagi islohotlami yanada chuqur-
lashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha 1998-2000-
yillarga mo'ljallangan Dastur»i muhim dasturulamal bo‘lib
xizmat qiladi.
Mamlakatimizda har bir fuqaroning ma’naviy-ma’rifiy
yuksakligiga erishish davlatimiz tomonidan amalga oshirila-
yotgan islohotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil
etar ekan, bu boradagi ishlaming tamal toshlari aynan oilada
qo'yiladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantirish bilan bog‘liq
ishlar quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladigan ta’limiy va
tarbiyaviy tadbirlar vositasida olib borilmoqda, bu albatta oila
bilan ham bog‘liqdir:
- mahaUalar, oilalar va xotin-qizlar orasida amalga oshi
riladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tarzida;
- maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta’lim mak-
tablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchi, talabalari,
yoshlar va boshqa toifadagi fuqarolar o‘rtasida olib bori-
layotgan tadbirlar;
- ommaviy-axborot vositalari, matbuot vositasida amalga
oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlami takomillashtirish, samara
dorligini oshirish bilan bog‘liq; ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy
va ilmiy-metodik yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib borish,
sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
44
- xalqlar, millatlararo do‘stlik-birodarlik, ahillik, totuv-
likni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar;
- madaniy-ma’rifiy, ijodiy tashkilotlar tomonidan aholi-
ning ma’naviy madaniyatlilik darajasini oshirish, ulaming
bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida amalga
oshiradigan tadbirlar.
Mazkur yo‘nalishlarda olib boriladigan madaniy-ma’rifiy
ishlar oilasiz, oila a’zolaiining ishtirokisiz bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu tadbirlar majmuasi negizida yirik oilaviy sport
musobaqalari,
qo'shiq bayramlari,
oilaviy
ansambllar-
ning ko‘riktanlovlari, san’at bayramlari iqtidorli ijodkorlar
bilan o‘tkaziladigan ijodiy kechalar, milliy musiqa, raqs,
qo‘shiq, milliy estrada san’atini keng targ‘ib etishga qara
tilgan maxsus teleko'rsatuvlar, teleradio darslari tashkil etish
har bir fuqaro ma’naviy ongi va tafakkurini shakllantirishda
ijobiy natijalar beradi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishgan yutuq-
larimiz, istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan ko'rgazmali tar-
g‘ibot vositalarini shakl va mazmun jihatidan rang-barang-
ligini ta’minlash, xalq og‘zaki ijodi namunalarini kuylov-
chi oilaviy baxshilar va ulaming sulolalari chiqishlarini
tashkil etish va ulaming ijodlari asosida hujjatli filmlar
yaratish va ulami har bir oilaga kirib borishini ta’minlash
ma’naviy barkamol fuqarolami tarbiyalashda muhim vosita
hisoblanadi.
Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish,
diniy aqidaparastlikning oldini olish, ma’naviy tubanlik,
zo‘ravonlik kabi illatlami batamom yo£q qilishga erishish
maqsadida har bir idora va tashkilotda, ta’lim-tarbiya
muassasalarida, jamoa xo‘jaliklarida maxsus «ma’naviyat
kunlari», «ma’naviyat saboqlari»-o‘quvlari; muzey, tarixiy
45
qadamjolarga sayohatlar Vatan mehnat qahramonlari, tarixiy
va taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish; ijodkor
oilalar, yoshlar klublari tashkil etish; ajdodlarimiz madaniy
merosi, urf-odatlari, to‘y va motam marosimlari, xalq og‘zaki
ijodi, o‘zbek milliy hunarmandchilik namunalarini yig‘ish,
o‘rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ilmiy
ekspeditsiyalar uyushtirish oilada ma’naviy yuksak avlodni
shakllantirishda ijobiy rol o‘ynaydi.
Oila-mahalla; oila-maktab; oila-jamoatchilik; oila-oliy va
o‘rta maxsus o‘quv muassasalari hamkorligi tizimi asosida
o‘tkaziladigan tadbirlar albatta ijobiy samara berishi tabiiy.
Xalqimizda shunday milliy odat, an’ana va fazilatlar
borki, ular boshqa xalqlarda yo‘qligidan tashqari (men
boshqa millatlaming yaxish sifat va an’analarini kamsi-
tayotganim yo‘q), insoniyat ma’naviyatining nodir zarva-
raqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg'otishga imonim komil.
«0 ‘zbek xalqi azaldan jamoa tuyg£usiga moyil, — degan edi
I. A. Karimov. — Bizlar to‘yda ham, azada ham yonma-yon
turib, oddiy kunlarda ham bir-birining holidan xabar olib,
kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy-joyiga qo‘yib,
beva-bechoralaming, yetim-yesirlaming boshini silab, xullas,
odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo'yib yashagan
insonlaming farzandlari bo'lamiz». Jamoaga suyanish va
jamoatchilik fikrini hurmat qilish xalqimizning eng oliyjanob
fazilatidir. Buni mahallalardagi ijtimoiy-axloqiy rasm-rusmlar
isbot qilib kelmoqda. Birgina to‘y marosimimizning o‘zini
milliy fazilatlarimizning guldastasi desa bo‘ladi. 0 ‘zbek
xonadonidagi birorta to‘y kengashsiz, maslahatsiz o‘tmaydi.
Hatto, kelin va kuyov tanlashdan boshlanadigan odatlarimiz
ham kelajakdagi yosh oilaning tinch-totuvligini nazarda
tutadi: kimning farzandi, ota-onasi qanaqa odamlar, ma-
46
halla-kuyda obro‘si qanaqa, mustaqil oila tebratib ketishga
qurbi yetadimi, yomon qiliq yoki odatlari yo‘qmi, qarin-
dosh-urug‘lari qanaqa odamlar, hatto avlod-ajdodlarida biror
anduhlik alomatlari bo‘lmaganmi? Bu savollarga ijobiy javob
olingachgina ikki tomon o‘z rozi-rizoligini beradi. Bunday
odatlarimizning nimasi yomon? ha, deb bunaqa savollar
bilan kelin yo kuyov izlansa, yoshlaming mustaqilligi,
muhab-bati poymol etilmaydimi, degan e’tirozlar bo'lishi
mumkin. To‘g‘ri, ba’zan ota-ona obro‘si muhabbatdan
ustunlik qilgan dalillar uchraydi. Lekin, umuman olganda,
sinab-surishtirgan oilalaming qudachiligi, ota-onalar bosh-
qosh bo'lgan to‘yu-tomoshalaming natijasi yaxshi bo'lishi
hammaga ayon.
O'zbekona jamoat flkriga va jamoat bo‘lib ish yuritish
fazilatimiz diqqatga sazovor. To'ylarimiz ko‘pchilik uchun
jamoa tomonidan o'tkaziladi. To‘y oldidan bo‘ladigan mas-
lahatlar, qarindosh-urug'ning erta sahardan kelib, to'yxona
oldida qo‘l qovushtirib, nozik tavoze ila mehmonlami kutib
olishlari, hovlida esa to‘y mutasaddilarining odamlami joy-
lashtirib oldiga iltifot bilan choy va osh tortishlari — bu mil
liy odatlarimizning ko‘rki emasmi? Yetti yot begona odamlar
mahalladan stol-stul tashishsa, qozon, samovar, choynak-
piyola olib kelsa, to‘y tarqalguncha mezbon yonida tursa —
bunaqa oliyjanoblik, bunaqa jamoaviy ruh va mehmi qayerda
ko'rgansiz?
Odamlaming boshini qovushtiradigan, ulami bir tan bir
jon bo‘lib mehnat va rohatga jalb etadigan pur-hikmat urf-
odatlarimizni sanab ado etib bo‘lmaydi. «Hashar» deb
atalgan shunday milliy udumimiz borki, uning ta’rifi har
qanday millat odamlarini hayratga soladi. «Vaqt — pul»
degan aqida butun dunyoga ildiz otgan paytda o‘z vaqtini
47
tekinga,
odamgarchilikka,
milliy
urf-odatga
beminnat
baxshida etish insoniy ehsonlikning cho‘qqisi emasmi?
Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarin-
dosh-urug‘chilik va hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘yla-
sak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla Qodiriyning
« 0 ‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining'
milliy fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab
xalqlar qatoriga olib chiqib, ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga
teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q. 0 ‘quvchilar
hatto etnografik yo‘nalishda bo‘lsada, milliy g‘urur va iftixor
tuyg‘ularini o‘yg‘otadigan o‘zbekona asarlarga chanqoq bo‘lib
yurgandek tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: |