Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonligini rivojlantirishda bolalar kutubxonasi va oilaning o’rni



Yüklə 48 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü48 Kb.
#123619
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonligini rivojlantirishda bolalar kutubxonasi va oilaning o’rni


Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonligini rivojlantirishda bolalar kutubxonasi va oilaning o’rni
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobga bo‟lgan qiziqishni uyg‟otish o‟z navbatida psixologiya,bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmaydi.Chunki har bir bola o‟z shaxsiyat va dunyo qarashga ega.Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaning o‟rni beqiyosdir [7]. Shuning uchun ham bolalarni kitob o‟qishga qiziqtirishda psixologiya eng asosiy omil hisoblanadi. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma‟naviy xislatlarga ega bo„lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog„lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas‟uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o„ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko„nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo„lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Les Gaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo„lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi[3]. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo„lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi [12]. Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash tasavvur etish shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli qiliqlari, kulgili voqea va hodisalarni tasodiflarni ko‟proq eslab qoladilar. Agar tarbiyachi kitobni ovozli o‟qib ularning diqqatini o‟qilgan narsaga tartib tushuntirib bersa, bolalar uni eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalar o‟yin orqali voqea va hodisalarni, kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko‟rgan eshitgan, o‟qigan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratadilar va ularga o‟z munosabatlarini bildiradilar. Bu yoshdagi bolalarni o‟zlarini o‟rab turgan muhit, tabiat va undagi hayvonlar, o‟qimliklar qiziqtiradi. Shuning uchun ham ular o‟z qiziqishlarini qondirish uchun kattalarni xilma–xil savollarga ko‟mib tashlaydilar. Endi ular voqea va hodisalarga boshqacha ko‟z bilan qaraydilar, voqeilikni bilishga intiladilar va xotirada saqlab qoladilar. “Nima uchun qaroqchi bo‟ladi?”, “Nima uchun qushlar uchadi-yu odamlar uchmaydi?”, “Nima uchun qor yog‟adi?” va boshqa savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki bu davrda ularning rivojlanishi alohida bir bosqichni tashkil etib, aqliy va jismoniy o‟sishida, o‟qitish va tarbiyalashda o‟ziga xos yosh xususiyatlarga amal qilishini talab etadi. Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash xarakterlidir, o‟qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalari o‟sib boradi. Bu yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo‟yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa qiziqtiradi. Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o‟qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta‟rif berdik xolos. Bolalar o‟qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o‟rganish lozim. Ba‟zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo„lsa, boshqalari esa o„qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Pedagoglar tomonidan berilgan quyidagi ko‟rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo„yishiga yordam beradi [8]. 1-rasm. Bolalarni kitobga mehr qo’yishiga yordam beruvchi ko’rsatmalar Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish Mutolaa burchagi qilish Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib borish Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish Bolalarga namuna bo‘lish Har kuni ki
Zamonaviy texnologiyadan foydalanish: Ota ona farzandining kitob o„qishini istaydi, u esa kompyuter o„yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtirish, ya‟ni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ota-onalar internetda ko„plab bepul elektron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o„qib berishi mumkin. Ularni onlayn o„qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba‟zi elektron kitoblarning qog„oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilganligi ularning imkoniyat darjasini yanada oshiradi. Bu esa bolalarni qiziqtirishi aniq. Mutolaa burchagi qilish: Bolalarni chalg„itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo„lgan mo„jazgina “uycha” yoki burchak qilib berish ularrning kitobga bo‟lgan qiziqishini yanada oshirishi mumkin. Ana shunday mo„jazgina chodirchalar ham bolalar uchun “uycha” sifatida xizmat qilishi mumkin. Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib boorish: Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitob o„qish ko„nikmasini shakllantirishni istashsa, haftasiga hech bo„lmagamda bir marta kutubxonaga olib borishi lozim.Chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko‟radi va uning kitobga bo‟lgan qiziqishi tobora oshadi Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish: Agar ota-onalar bolalarini kitob o„qishga g„ayratini oshirmoqchi bo„lishsa, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman kitoblar va ularning mazmun – mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak. Hayotda sodir bo„lgan haqiqiy voqealarni bolalar o„qigan ertak va hikoyalar bilan bog„lashga harakat qilish lozim. Bu esa bolalarni nafaqat o„qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o„rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi. Bolalarga namuna bo‘lish:Bolalar ota-onasida namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a‟zolaringiz bilan turli kitoblar to„g„risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olgangizni ko„rsatsa, bu o‟z navbatida bolalar ongiga,psixologiyasiga ta‟sir qiladi.Va natijada kitob o„qish asta-sekin bolalarning ham sevimli mashg„ulotiga aylanib boradi. Har kuni kitob o‘qib berish:Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan, bolalarga har kuni kitob o„qib bersa, u asta-sekin o„zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutolaa qiladigan bo„ladi. Uning hayotida kitobxonlik an‟anaga aylanadi. Bolalarni kitobxonlikka o‟rganish har xil usullarda olib borilsa ham quyidagi tamoyillarga asoslanadi [6].
Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin