Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

I
berishga qodir kuch-quwat va jasorat, shuningdek, saltanatni 
boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi bo‘lish- 
larmi talab etardi.
Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘gmishning 
ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida 
sogUomlik faqat jismoniy kuch-quwat emas, balki oliyjanob 
insoniy fazilatlar uygunligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi 
anglagan. U barloslaming ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padari 
buzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta’biri bilan aytgan­
da, «ulamo va sulaho va mutafakkirlaiga mushfiq va 
meh- 
ribon» Muhammad Tarag‘aydan olgan saboqlami bir umr
29


unutmadi. Muhammad Tarag‘ay o‘z farzandini mardlik va 
farosatlik, qattiqqo‘llik va mehr-oqibat ruhida voyaga yet- 
kazdi. Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo‘lsa, 
bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan.
Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujassam bo‘lishini 
istardi. Eng awalo, insonparvarlik, so‘ng mushohadalik va 
nihoyat, oqibatlik — bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy 
bo‘lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina jangu 
jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqa- 
rishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa, 
jismonan baquwat bo‘lsa-yu, mushoxadalik bo‘lmasa, dono 
bo‘lsa-yu, bosiqlik bo'lmasa, unday odam komil inson 
bo‘lolmaydi, unday odam boshqalami ham, o‘ziniyam halok 
etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni 
unutmasa, li albatta yengadi. «Siyosatda maslahaat, mulo- 
hazakorlik, o'ylab ish qilish kuchidan o‘n karra foy- 
daliroqdir», deb ta’kidlaydi ulug‘ Sohibqiron.
Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday 
fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq istaklarini bilish uchun, 
awalo, «Temur tuzuklari»ni varaqlaylik. Uning dastlabki 
sahifalaridayoq shunday fikmi uqish mumkin: «Tajribamda 
ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi 
qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, 
loqayd kishilardan yaxshidir». Bu hikmatda bobomizning 
sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni yetuk 
insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat 
tayanchi bo‘la oladi, degan mushohadasi mujassamlashgan, 
deb o‘ylayman. Boshqa bir o‘rinda Sohibqiron qat’iylik, 
sabrchidamlilik, sog‘ligu sergaklik, ehtiyotkorlik va shijoat 
sohibi bo‘lgan inson har qanday mashaqqatli ishni amalga 
oshirishga qodir, deb ta’kidlaydi.
30


Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabira- 
larini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan birinchi murodi 
avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘l- 
larda chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari 
o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib 
ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ulami onalarining 
ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning 
ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida 
o'tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar.
«Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! — 
derdi Amir Temur. — Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay. 
Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin. 
Aig'umoq ila qilich ulaming jonajon do‘sti, mardlik ularga 
ustoz bo‘lsin!»
Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tar- 
biyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga 
ishongan bo'lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal 
berishni oqila malika — asli ismi Saroymulkxonim, xon 
avlodi bo‘lgan, murg'aklikdan hukmfarmonlik va bahodir- 
likdan saboq olgan — Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa, 
malika har doim safardayam, jangu jadaldayam va dorul- 
saltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi.
Yetti iqlimdan yig‘ilgan san’at va adabiyot ahli tufayli 
dorulsaltanat Samarqand havosida she’r va musiqa nafasi 
hukmron edi. Mana shu muhit, malika rahbarligidagi mual- 
limlar sabog‘ini olgan shahzodalar she’r va san’atga yaqin 
kishilar bo‘lib voyaga yetdilar. Xazrat Navoiy o‘z asarida 
yigirma ikki temuriy shadzoda (Halil Sulton, Mirzo Ulug‘- 
bek, Boysunqormirzo, Abulqosim Bobur, Sulton Mas’ud 
Shoh Barib Mirzo, Abdullatif Mirzo, Xusayn Boyqaro va 
boshqalar) she’r va musiqaga oshno bo'lgani tilga olinadi.
31


0 ‘rta Osiyoda ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlar tarixini 
o‘rgangan har bir fuqaro o‘zining bilim saviyasi, dunyo- 
qarashini o‘stiribgina qolmasdan, balki o‘zligini anglashga, 
haqiqiy vatanparvar bo‘lib shakllanishga muyassar bo‘lishi 
tabiiydir.
Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti. 
Mahallada hamma bir-birini biladi, bir-biriga ko‘z-quloq, 
bo‘lib yashaydi: Keksa oqsoqollar, bama’ni odamlaming 
yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. Har bir mahallada 
shunday odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o'tadi. 
Shunday voqealaming guvohi ham bo'lamiz. Hatto janjal- 
lashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni-qo‘shnilar «falonchi aka 
kelyapti» yoki «falonchi akani chaqirib kelish kerak» deyilsa, 
o‘z-o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa ota- 
onaning fayzi beqiyos ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha 
oila bo‘lib, bir qozondan ovqatlanish, ota-ona izmidan borib 
kam bo'lmagan farzandlar sonsiz-sanoqsiz. Lekin oxirgi 
paytlarda bitta otasi yoki onasini chiqishtirmagan, ulaming 
«ortiqchaligi» sezilib qolayotgan oilalar uchramoqda, keksa 
ota yoki onaning ko‘zi tirikligida uyga ajoyib bir tarovat 
tarqatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his 
qilinadi.
Yoshlar mustaqil turishni sevadilar. Ayniqsa, bu niyat 
kelinlarda kuchli bo‘ladi. O'zi beka bo‘Iib, eri topganiga 
bilganicha va istaganicha xo'jayinlik qilishni sevadilar. Goho 
xotinimng bunday nag‘malariga uchib, qulog‘im tinchisin 
degan ma’noda ajralib chiqib ketadigan, ota-onasidan xabar 
olmay qo‘yadigan yoshlar ham bor. Bunaqa ishlar nainki 
milliy urf-odatlarimiz, odobimiz, balki umuminsoniy qad- 
riyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Mehr ko‘zi ko‘r bo‘lgan 
insonning jamiyat va jamoa uchun ham qalbi berk bo'ladi.
32


Opa-singil o‘rtasidagi bir meros janjalini misol keltirmoq- 
chiman. Ota-ona tirik paytida chiqib ketgan opa ular 
olamdan o'tgach, singlisining boshiga ming g‘avg‘o solib 
meros talashib yuribdi. Kichik qiz eri bilan ota-ona uyiga 
ko'chib kelib ulami oq yuvib, oq taradi. Kasalligida boqdi, 
o'lganda ko‘mib, barcha ma’rakalami o‘tkazdi. Hovli-joyni 
odamshavanda qildi, yangi xonalar qo‘shdi, mahalla ahli va 
qarindosh-urug‘laming duosini oldi. Katta opa esa ona 
o‘limidan so‘ng hovlining yarmiga da’vogar boiib, singli- 
sining boshida yong‘oq chaqib yuribdi. Hatto, singlisining 
«opajon, oramizga sovuqchilik tushmasin, mayli, kuyovin- 
gizni ko‘ndirib, amal-taqal qilib biroz pul bera qolaylik, axir 
biz jigarmizku, ol-dingizda yolg'iz o‘g‘lingiz bor, vag‘ti kelib 
biz ham qarab turmasmiz» degan iltijolariga «yo‘q, men uyni 
sotib, yarim pulini olaman» deb oyog‘ini tirab olgan opaning 
axloqiy, insoniy qiyofasini qanday tasawur etish mumkin? 
Mol-dunyo deb, tekin meros deb mehr bulog‘i ko‘ziga zahar 
sochayotgan, o‘z jigarbandini qon-qaqshatishdan uyalmay- 
digan kimsalami ko‘rib nafra-tingiz oshmaydimi? Axir 
xalqimizda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, qarindosh- 
dirug‘lar o‘rtasida shunday mulo-qotlar, samimiyatlar borki, 
ular hikoya qilinsa, boshqalar ishonmasligi mumkin. Na- 
hotki, ana shu hikmatlar, chin insoniy ezguliklar o‘mini qora 
yuraklar, pajmurda o‘pkalar bilan almashtirsak? Nahotki, 
yo‘ldan chiqqan egri niyat, bebosh fe’llarga bobolarimiz, 
samoviy momolarimiz ma’naviyatini qarshi qo‘ya olmasak? 
ha, qarshi qo‘ya olamiz. Bunga jamoa, mahalla, odamlar 
munosabati zarba bera oladi. Chunki jamoa la’natiga uchra- 
gan odamning hech qachon bog‘i ko‘karmagan. 0 ‘zbekona 
odob, o£zbekona insoniylikning qarzi ham ana shu jamoa va 
ko‘pchilik kayfiyati, munosabati bilan o‘lchanadi.
33


Mahallalar bilan bog‘liq, yana bir udum haqida gap 
yuritmoqchimiz. Bu kishilaming o‘z kasbi, tengqurligi yoki 
mahalladoshligiga qa'rab, «ran» o‘ynash odatidir. Bunday 
to‘planishlar ham o‘ziga xos milliy namoyishning bir ko‘- 
rinishi. Faqat u bir oyda yoki. ikki haftada biror xonadonda 
takrorlanadi. Bunday yig'inlaming farqi shundaki, unda 
davlat siyosatidan tortib bozor narx-navosiyu farzandlar 
tarbiyasi, mahalla ahli hayotidagi yangiligu mamlakat ahvoli 
xususida bahs, munozara, maslahat bo‘ladi. Bu «gap»lar 
milliy tarbiya maktabimizning yana bir go‘zal shakli sifatida 
davom etib kelmoqda. Qaerda bu «gap»lar manmanlik yoki 
mayxo‘rlik tomon burilsa, odamlar tezda tarqalib ketishyapti. 
«Gapdan maqsad o‘zaro fikr almashuv, birodarlik tuyg'usi, 
qoeni-qo‘shnichilik hosiyatini mustahkamlash ekan, bunday 
milliy an’analar avloddan-avlodga o‘tib, o‘zbekona fazilat- 
larimizning hayotiyligini ko‘rsataveradi.
Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlikka, 
birodarlikka va samimiyatga chorlaydi. Mustaqillikka erish- 
gunimizcha noto‘g‘ri mafkuraviy siyosat tufayli ko'pgina chin 
insoniy qadriyatlarimizga diniy tus berishga, ulami hayotdan 
siqib chiqarishga rosa harakat qilindi. Biroq bu narsa hech 
kimning qo‘lidan kelmadi. Asrlar davomida, avlodlar ongida 
shakllanib kelgan odatlar, udumlami bir zaib bilan yo‘qotib 
bo‘lmasligi tan olinmadi. Omma o‘rgangan udumni yo‘q 
qilish yo‘lida ularga nisbatan ilg‘orroq, tabiiyroq va zamo- 
naviy ma’naviy ehtiyojlami ifodalovchi rasm-rusmlar tarkib 
topmas ekan, har qanday harakat teskari natijalar beraveradi.
Rasm-rusmlarimiz milliy taraqqiyot va ma’naviy yuksa- 
lish evaziga boyib va o‘zgarib bordi. Masalan, bayramlarda, 
turilgan kunlarda yoki quvonchli damlarda odamlar bir- 
birlariga gul va guldasta taqdim etish odat tusiga kirdi.
34


Umuman olganda, gul taqdim etish bizda tarixiy an’ana 
emas. Aksincha, bizda gul o'miga gul ko‘chati berishgan. 
Qabr ustiga gul qo‘yish ham bizda odat bo‘lmagan. Sharq 
poeziyasida gul va bulbulga qanchalik ko‘p she’r bitilgan 
bo'lsa ham uni faqat ramziy obrazlar tarzida idrok etilgan. 
Hayotda, odamlar oldida, oshkora ravishda sevishganlar gul 
emas, gulday iliq tabassum va ibolami bir-biriga tortiq 
etishgan. Hozir gul tortiq qilish ommaviy tus oldi. Lekin shu 
0
‘rinda ko‘r-ko‘rona taqlid ko‘zga tashlanmoqda. Biz 
o‘zbeklar gul tortiq qilishda tushunib-tushunmay guldasta- 
ning toq yoki jufi bo‘lishiga ahamiyat bermaymiz. Ruslarda 
o‘lim marosimlarida gullar juft sonda olib kelinadi. To‘y, 
yubiley, uchrashuvlarda esa toq sonli gullar beriladi. Bizda 
toq va juft sonlarga turlicha munosabat mavjud. Masalan, 
ma’rakaga yoki o'lgan odamni yo'qlab borishda non toq 
sonda olinsa, to‘yga va mehmondorchilikka borilganda 
nonlar soni juft bo‘ladi. Bunday odat qachon boshlangan va 
nima uchun shunday bo‘lib qolgan — aytish qiyin. Lekin 
unga xalqimiz amal qiladi. Ammo ruslardan o‘tgan gul tortiq 
qilishda toq sonda gul hadya etamiz. Gul tortiq etishni eng 
oliyjanob fazilat sifatida qabul qilib, uning toq yoki juft 
sonlariga ahamiyat bersak bo‘lmasmikan? Tug‘ilgan kun- 
larda, shodiyona damlarda juft sonli gullar berib, xalqimiz- 
ning eng porloq duosining ramzi bo‘lgan — hamma juft-juft 
bo‘lib, bekamu ko‘st va inoq yashashsin degan niyatini bajo 
keltirgan bo‘lmaymizmi? Bizning tasawurimizda juft son 
uyg‘unlik, birlik, ahillik, totuvlik, hamfikr va hamnafaslik 
ramzi, toq son esa ayriliq, judo, kelishmovchilik, nizo va 
firoq ifodasi emasmikan? har qalay gulga, guldastaga ana 
shunday munosabat milliy tuyg‘ularimiz, odob va hulq- 
atvorimizga mos kelsa kerak, deb o‘ylayman. Undagi toq
35


gullar qolgan tiriklar soni bittaga kamayganini, dunyo butun- 
ligi buzilganini, odamlar safi-tasbehi uzilganini anglatmay- 
dimi? Xotira kunlarida men marhumlar qabri ustida bahor 
chechaklari yal-yal yonib tiriklaming ko‘z yoshlari shabnam 
yanglig‘ gullaming barglarini yuvishini istayman. Ajdodlar 
xotirasini eslash avlodlar odobini mustahkamlaydigan ruhiyat 
gavharidir.
Millatning joni uning axloqu odobida. Shuning uchun 
har bir millat o‘z urf-odatlari, insoniy fazilatlarining jon- 
kuyari, shu fazilatlar uchun o‘zini o‘tga ham, suvga ham 
urib, boringki, hayotning barcha achchiq-chuchuk qismat- 
lariga bardosh beradi. Millat boshiga eng og‘ir kulfat tush- 
ganda ham u o‘zining ma’naviyatini bozorga olib chiqmaydi, 
nomusini sotib, vijdonini poymol etib kun ko‘rmaydi. Tarix- 
ning barcha issiq-sovuq zaibalari, tabiatning barcha yorug‘, 
qora kunlariga millat o'zining axloqiy-ma’naviy boyligi ila 
bardosh beradi. Ana shunga ko‘ra biror kimsa orttirgan 
obro‘, biror inson erishgan yorlig4, biror odam keltirgan 
shuhrat ham, kimlamingdir qing‘ir ishlari, nobakoming fisqu 
fujuri, dilozoming tuxmat xanjari — hamma-hammasi el- 
yurt, millat yuragiga, ruhiga ta’sir qiladi.
Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlaming odobi 
buzilib ketdi» degan ta’nalami eshitadigan bo‘lib qoldik. 
Birovlaming molu mulkiga va joniga qasd qiladigan past nus- 
xalar ilondek izg‘ib qolganini ko‘rib, eshitib yuribmiz. Bir 
paytlar darvozasi qulf bo‘lmagan, bir necha oylab uy-joyini 
qo‘ni-qo‘shnilarga ishonib dala hovlilariga ko‘chib ketadigan 
o ‘zbegim bugun kelib eshik taqillasa awal derazadan

mo‘ralaydigan bo‘lib qoldi. Shunga o'xshash kasalliklaming 
ijtimoiy sabablari bo‘lsa-da, axloq-odob borasida yo‘l qo‘yil- 
gan kamchiliklar ham ularga sabab bo‘lmoqda. Bir paytlar
36


onalar yeikasiga ag‘darilgan «erkinlik» yuki ulaming oiladagi 
birinchi navbatdagi taibiyachi ekanliklarini chippakka chi- 
qardi. Onalar mamlakat iqtisodiy, moddiy boyligini ko‘pay- 
tirish uchun shunchalik dadil va keng jalb etildiki, piro- 
vardida ular ham jismonan, ham ma’naviy, ham ruhiy boy- 
ligidan judo boiib qoldilar. Bir necha bolani voyaga yetka- 
zish, tarbiyalash va oyoqqa turg‘azishning o‘zi ulkan ijtimoiy, 
milliy va umumbashariy boylik ekaniga ahamiyat berilmadi. 
Ayollaming o‘zlariga qarashga vaqti bo‘lmagach, bolalar 
tarbiyasiga vaqti bo‘larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik, 
behayolik va bezoriliklaming ildizi ana shunda.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, 
shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida 
tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhab- 
bat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ulami oilaviy 
hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota- 
onalami tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar 
universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim 
maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yosh- 
lami oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiiitish maqsadga 
muvofiqdir. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam 
beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va 
maxsus «Oila» jumalini nashr qilishni yo‘lga qo‘yish, barcha 
yo'nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga 
«Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani 
namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
Balog‘atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan 
ta’lim, islohotlaridan mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning 
uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va 
qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jihozla- 
nishi, ta’lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalq
37


ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim 
maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim- 
tarbiya mazmunini, oila ta’limi va tarbiyasi bilan hamohang 
ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa:
- ta’lim-tarbiya shakllan, usul va vositalarini jahon 
andozasi talablariga mos tarzda rivojlantirish; ta’lim, ma- 
daniy-ma’rifiy muassasalami yangi zamonaviy texnika va 
texnologiya asosida jihozlash;
- o‘qituvchi-murabbiylaming, ota-onalaming ijodiy izla- 
nishlarini va mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini 
topish;
- qishloq yoshlari- uchun ta’lim-tarbiya muassasalarining 
ilg‘or modellarini hayotga keng joriy etish;
- oila-mahalla-maktab tizimida ta’lim-tarbiya samarali 
mazmunini va usullari amaliyotga keng joriy etish;
- yoshlaming bo‘sh vaqtlarini oila-maktab va jamoat- 
chilik hamkorligida qiziqarU, maqsadli tashkil etishga erishish 
zarur.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin