Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

mahalla, maktab
va jamoatchilik hamkorligini mustahkam - 
lash, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish zamirida 
oilada ba’zan uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor 
qilinishi, giyohvandlik, nosog‘lom e’tiqod, maishiy nopoklik, 
axloqsizlikning turli ko‘rinishlarga y o i qo‘ymaslik kabi 
masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida 
shakllanishi uchun zamindir.
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat 
qurish jarayoni shahdam qadamlar bilan borayotgan bir sha- 
roitda qonun ustuvorligini ta’minlash zamirida oila a’zola­
rining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini 
ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalish- 
laridan biriga aylanib qoldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul 
qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mah-
19


kamasining Qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar 
va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va 
deklaratsiyalar va boshqa huquqiy hujjatlaming mohiyatini 
chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amal qi- 
lishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirish- 
ning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari 
huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish . mexa- 
nizmini yaratish va amaliyotga keng tatbiq etish zarur. 
Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, 
ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Kons- 
titutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada 
uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan 
ba’zi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan 
ishlar butun dunyo tinchliksevar xalqlaming diqqat-e’tiborini 
jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri 
ichida respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy 
Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari 
Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy 
yordam ko‘rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari 
bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi oila, ota, 
ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 
muhim qadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish insti- 
tutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik jamiyat­
ning huquqiy madaniyatini oshirishga, ulaming huquqiy 
manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq norma­
lariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yilla- 
rida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, 
xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va 
deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol
20


namunasidir. Jumladan, Inson huquqlari umumiy deklara- 
tsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 
217 ASH rezolutsiyasi), Xotin-qizlaming siyosiy huquqlari 
to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952- 
yil 20-dekabrdagi 640-son rezolutsiyasi), bir xil qiymatdagi 
ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash to‘g‘- 
risidagi (1.00) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 
34-sessiyasida 1951-yil 29-iyunda qabul qilingan), onalikni 
himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT 
tomonidan 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), 
bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh 
Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda), fuqarolik 
huquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 
(BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 16-yanvardagi 2200- 
rezolutsiyasi), xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha 
shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh 
Assambleyasining 1979-yil 18-dekabrdagi 34, 180-son rezolu­
tsiyasi), bolalaming yashashini, himoyalanishini va rivojla- 
nishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklarat-siyasi, 
boshqa mamlakatlaiga bolalami o‘g‘iriab ketishning fuqarolik 
jihatlari to‘g‘risidagi Gaaga Konvensiyasi (Gaaga 1980-yil 
25-oktabr), 1995-yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar 
konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlaming ahvoli bo‘yi- 
cha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va 
bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza 
qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har 
bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquq-larini himoya 
etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga 
erishishdir.
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy 
himoya qilinishi huquqiy jamiyat barpo etishning negizidir.
21


Buning zamirida:
г- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yosh tabaqa- 
larga mos huquqiy bilim berish dasturlarini yaratish, huquqiy 
ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va 
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya 
usullaridan keng foydalanish;
- o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni 
yorituvchi burchaklar, xonalar tashkil etish, huquqiy bilim 
kunlari o‘tkazish, radio o'quvlari uyushtirish;
- huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, 
gazeta va jumal maqolalari, mutaxassis maslahatlarini chop 
etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish;
- oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash 
tizimini takomillashtirish;
- joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo£lajak kelin- 
kuyovlar uchun maxsus o‘quv kurslari, «Oila» klublari, «hu­
quqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot 
guruhlarini tayyorlash;
- oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga 
yordam beruvchi sotsiologik tadqiqot ishlari olib borish va 
uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va 
amaliyotga keng tatbiq etish, bu borada huquqni muhofaza 
qilish tashkilotlari bilan boshqa mutasaddi davlat va jamoat 
tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masala- 
larga alohida e’tibor berish yotadi.
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, 
oiladagi ma’naviy muhit, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraq- 
qiyotiga ta’sir qiladi.
Har bir davming o‘z dardi, talabi va ehtiyojlari bo‘ladi. 
Mustaqillik odamlar va jamiyat taqdiriga taalluqli juda ko‘p
22


jumboqlami yechib tashlash bilan barobar ma’naviyatimiz- 
ning qator muammolarini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, 
axloq-odob masalalari katta ahamiyat kasb etib qoldi. Buning 
sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot 
gultojisiga bo'lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy 
pok ma’naviyat yo'liga qaytarish rejalari tuzila boshlandi; 
katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon, ilg‘or yoki johil millat 
bo‘lmasligi, 
yomonlikning millati-yu, yaxshilikning chega- 
rasi yo‘qligiga qanoat hosil qildik: Inson o‘z millati an’ana- 
lari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga 
erishishi qog'ozda emas, amalda tan olindi; ikkinchidan, 
soxta baynalmilalchilik, qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalari 
odamlar orasida uzoq, zamonlardan buyon shakllanib, rivoj- 
lanib kelayotgan birodarlik tuyg‘ulariga rahna solib qo'ygani, 
odamlaming millat ajratmasligi uchun, bir-biriga mehrli- 
Of$>atli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik, zilzila yoki 
tabiiy 
ofatlami boshidan kechirishlari shart emasligi, ijtimoiy 
adolat o‘matilgan joyda xalqlar va millatlaming chin insoniy 
fazilatlari gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik. 
Ayrim 
odamlami aldash mumkin bo‘lsa ham millatlami uzoq 
aldab bo'lmasligiga endi hamma tushunib yetdi.
Totalitar tuzum davrida respublikamizda sharqona qad­

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin