ekanligini belgilaydi. Chunki «Oila» kodeksining 17-mod- dasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish ixtiyoriy deb belgilangan. Ammo Vazirlar Mahkamasining 365-Qarori bilan ulami tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart deb belgilab qo‘yildi. Ikki yosh turmush qurar ekan ikkalasining ham tibbiy salo- matligiga baho ulaming oila qurishi mumkin yoki aksi 332
ekanligini belgilab beradi. Yoki ma’lum muddatga turmush qurishi kechiktiriladi. Ular sog‘lig‘ini tiklagandan so‘nggina nikohdan o‘tishga haqlidirlar. Ushbu tizim orqali befar- zandlik, chaqaloqlar o‘limi, onalar o‘limi, tug‘ilishdan keyin- gi asoratlar, nogironlik kabi illatlaming oldi olinishi bilan birga qarindoshlik rishtalari uzilmaydi, ajrimlar oldi olinadi, bolalar yetim bo'lib qolmaydi va nihoyat jamiyatga iqtisodiy zarar yetmaydi. Hozirgi kunda joylardagi barcha shifokorlik punktlarida o‘smir qizlami ginekolog ko‘rigidan o‘tkazish uchun «o‘smir gnekologi» shtat birligi joriy etilgan. Ammo ota-onalar ix- tiyoriy ravishda o‘z qizini ushbu shifokorga olib borishi hamon ko‘ngildagidek emas. Sababi, mahallada yoki qo‘ni- qo‘shnilar gap qiladi degan fikrga borishadi. Ammo ota-ona o‘z farzandini sog‘lig‘ini o‘ylab, uning kelajagi uchun qayg‘ursa qo‘ni-qo‘shnining gap so‘ziga e’tibor bermaydi. Buning uchun mahalla va muassasalarda, o‘quv dargohlari, ayniqsa maktablarda ilmiy asoslangan, ta’sirchan taig‘ibotni kuchaytirish zarur. Shunday qilib, ota-onalar savodxonlik tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, uning shakllantirishning omillari xilma- xildir. Oilaning har bir a’zosi ongiga Oila Kodeksining mazmun-mohiyatidan tortib, er-xotin va farzandlar o‘rtasi-