albatta. Inkluziv ta’limni umumta’lim maktabda nogiron bolalarga qonunchilik asossiz, ilmiy, tashkiliy, tibbiy man- basiz, texnika vositalari imkoniyatisiz singdirish mumkin emas, aks holda bu maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar nati- jasida katta muammolami keltirib chiqarishi mumkin. 2001-2005-yillar,bosqichidagi reabilitatsiyaga oid bo‘lgan Davlat dasturida ko'rsatilgan muammolaming ba’zilari o‘z yechimini topgan. Lekin, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar dasturini puxta ishlab chiqish taqozo etiladi. Talabga mos bo‘lgan tartibdagi dastur o‘z ichiga bolani parvarish qilish va tarbiyalash malakasiga ega bo'lish, shuningdek, bar- chaga kerakli bo‘lgan psixologik, pedagogik hamda tibbiy bilimlami bera oladigan ta’lim muassasalarini qamrab oladi va shu bilan birgalikda oiladagi jumboqlami yechish va bola ni uyda tarbiyalash hamda parvarish qilishni ota-ona ongiga singdirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 364
Ayni kunda ta’lim tizimi muammolari sirasiga oila muammolaridan sanalgan alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq masalalar o‘zining dolzarblik xususiya- tini yo'qotmagan. Aynan Toshkentdagi nogiron bolalar va ota-onalar klubiga tegishli ma’lumotlarga qaraganda, poytaxtda bunday oilalar soni 2000 dan ortiq ekanligi ma’- lum bo'ldi. Bolalami reablitatsiya qilish va moslashtirish ha- qida gap ketganda, albatta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilasidan oladi- gan yordam tasawur etiladi. Agarda, bunday oila iqtisodiy tanglik holatida bo‘lsa, ijtimoiy mehnat va ta’lim olishda to‘sqinliklarga duch kelsa, tabiiyki, u o‘zini ruhan ojiz sezadi.