Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

* * *
115


IV bob.
MA’NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLA-
NISHIDA OILANING TUTGAN Q‘RNI
Oila — an’anaviy tarbiyaning asosiy instituti bo‘lib 
hisoblanadi. Bola yoshlik davrida oilada olgan ta’lim- 
tarbiyasini butun umri davomida saqlab qoladi.
Bola hayotini asosiy qismini oilada o‘tkazadi, o‘zining 
ta’sir kuchiga ko‘ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan 
bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari tarkib 
topdiriladi, maktabga 
borganda esa bola shaxs sifatida 
shakllangan bo‘ladi.
Oila bolalarga insoniy va salbiy ta’sir etish omili bo‘lishi 
mumkin. Bola shaxsiga ijobiy ta’sir etish shundan iboratki, 
oilada bolaga eng yaqin insonlardan - ota-ona-buvi-buva- 
aka-opalardan 
tashqari hech kim ulardek bolani yaxshi 
ko‘rib, u haqida qayg‘urmaydi.
Shu bilan birga bola shaxsini shakllantirishga, ularga 
tarbiya berishda oila salbiy ta’sir ham ko'rsatishi mumkin.
Oila — bu o£ziga xos jamoadir, u tarbiyada asosiy o‘ringa 
egadir.
Oilani o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan 
holda, oilani bolaga ijobiy ta’sirini oshirib, salbiy ta’sirini 
kamaytirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo'lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillami aniq 
belgilash lozim.
Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o'rtasida 
qalban yaqinlikka va axloqiy bog'likka erishishdir.
116


Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini o‘z holiga 
tashlab qo‘ymas!igi kerak, ayniqsa, katta bo‘la boshlagan 
bolani o‘z holiga tashlab qo‘ymasligimiz kerak.
Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi 
va o‘zini turli hil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini 
o‘rganadi.
Biz bolani nimaga o‘rgatsak uni aniq, hayotiy misollar 
bilan mustahkamlash kerak, bola kattalarni aytgan gaplari 
amalda ham bir ixl bo‘lishini ko‘rishi kerak (masalan: agar 
bola har kuni ota-onasi tomonidan yolg'on gapirish mumkin 
emasligini eshitsa-yu, lekin nota-ona o‘zi sezmagan holda 
shunday qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz 
ketadi). Har bir ota-ona farzandlarida o'zlami davom- 
chilarini ko‘radi. Farzandlarini o‘zlari xohlagan inson 
bo‘lishlarini xohlaydilar.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin