tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado
etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat
ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin
emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi,
o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga
ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi,
odamlaming talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
0 ‘zbeklaming aksariyati o'zining shaxsiy farovonligi to‘g‘-
risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin
odamlarining,
qo‘shnilarining
omon-esonligi
to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘miga qo‘yadi. Bu esa eng oliy
darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo (1802—1885)ning bu
haqdagi quyidagi fikri juda o‘rinli bayon etilgan: «Kimki ayol
huquqini himoya qilsa, bola huquqini himoya qilgan bo'ladi,
boshqacharoq aytganda, u kelajakni himoya qilgan bo‘ladi».
Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar
mavqeyini o‘z o‘rniga qo‘yishga yo‘naltirilgan nodavlat
tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi. Shu jihatdan 1997-yili
Toshkentda «Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalami bayon etmoq lozim. Adliya
boshqarmasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan bu institutning tad-
qiqotchilik va siyosiy ta’lim bo‘limlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: