Oila pedagogikasi


  Yodda saqlangan g‘oyani o‘zining xulq-atvorida qo‘l-



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

6. 
Yodda saqlangan g‘oyani o‘zining xulq-atvorida qo‘l-
lay olishi kerak.
Ushbu psixologik ta’sir mexanizmi orqali insonlami biror
g'oyaga ishontirib, uni ulaming maslagiga aylantirishga eri-
shish mumkin. Birinchi navbatda milliy g'oyaning mohiyatini
insonlarga tushuntirish va bu g‘oya ulami diqqatini tortishi
kerak. Berilgan g‘oyani uning hayotida va jamiyatga zarur
deb hisoblashishi kerak. Mazkur g‘oyani yodda saqlab, uni
xulq-atvorida qo‘llay olishi kerak, shundagina psixologik
ta’sir o‘z samarasini beradi.
Urf-odatlar, milliy qadriyatlarimiz orqali ham xalqimizga
milliy g‘oyani targ‘ib etish mumkin. Asrlar mobaynida
shakllangan, avloddan-avlodga bebaho meros sifatida o‘tib
kelayotgan 
urf-odat, marosim va bayramlar
ham milliy
mafkuraning asosiy g‘oyalarini singdirishda muhim omil bo‘-
ladi. Insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag‘rikeng, mehr-oqibatli
insonlami voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik,
oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o‘rin
tutadi. Har bir oilasida muqaddas sanaladigan mehmon-
navozlik, qiz va o‘g‘il bolalar tarbiyasi borasida maxsus
an’analaming mavjudligi, yil mavsumiga ko‘ra barcha oila
a’zolari ishtirokida o‘tkaziladigan turli ezgulikka chaqirib,
sog‘lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
0 ‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar
shakllanishi jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momo-
lar, yaqin-qarindosh urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi.
Azaliy udumga binoan bola tarbiyasida ota-onadan ham
ko‘ra bobo va buvilaming ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular
oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin