safda turishib ishlaydilar. Uy-chi? Ha, endi uy-ro‘zg‘or ishlari uncha muhim hisoblanmay qoldi. Har kim o‘zicha bir ish qilganday boiadi, onalar va buvilar tajribalariga tayaniladi. Bu — noo‘rindir. HIKOYAT «Bir kuni Abdurahmon ibn Avf, mo‘minlar xalifasi hazrat Umarshayx ziyoratiga keldi. Salom berib kutib turdi. Xalifa hazrat Umar yonib tuigan shamni o‘chirib, boshqasini yoqdi. Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi. U hazrat Umarga: - Ey, amiral-mo‘minin! Oldingizda sham yonib turardi. Uni o‘chirib, boshqa shamni yoqdingiz. Buning bir hikmati bordir? — dedi. Amiral-mo‘minin hazrat Umar tabassum bilan: - Yo, Abdurahmon! O'chirganim davlatning shamidir. Yoqqanim esa o'zimning shaxsiy shamim. 0 ‘z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganda davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o‘tiiganimda davlat shamini yoqish xatolik bo‘ldi, shuning uchun o‘z shamimni yoqdim — d e d i...». Ko'pchilik oilalaming pala-partish ro‘zg‘or yuritishining sababi shundaki, ular o‘z mablag‘larini «sanamay sakkiz» deb, behuda sarfni ko‘paytirib yuboradilar. Bu, o‘z nav- batida, oylik va boshqa daromadlaming oiladagi chiqimlarga yetmay qolishiga olib keladi. Bu holni aniqlab olish oson: 101
chunonchi, ba’zilar oylikni olasolib, daromadlarini daromad- lariga munosiblashtirib, olmasdan, narsalar xarid qi-lishga oshiqadilar, bular o ‘ziga keraksiz, bo‘lsa-da: «Olinib qoladi- ku, bir kuni asqotadi-da», deyishadi. Sirasini aytganda oilaning moddiy farovonligi daromadning darajasi bilangina emas, balki xo‘jalikni qanchalik uquv bilan yuritish orqali