ehtiyojlarini qiyinchilik bilan (ma’lum bir sabablarga ko‘ra) qoplayotgan bo‘Isa, shunday qilish kerakki, bola boshqalarga hasad bilan qaramas'in. Bola mehnatsiz keladigan daro- maddan ko‘ra, qiyinchilik bilan, mehnat bilan oila hayoti yaxshilanishidan faxrlansin. Agar oilada pul mablag‘lari to‘g‘ri sarflansa, bu oiladagi bola bosiq, tejamkor, pulning qadrini biladigan bo‘lib ulg‘ayadi. Shunaqa oilalar borki, oylik olishi bilan bolalarga shi- rinliklar, o‘yinchoqlar sovg‘a qilishadi-yu, keyin tang holga tushib qolishadi. Bunday oilalardagi bolalar pul va buyum- laming qadriga yetmaydi, borgan sari katta talablar qo‘ya boshlaydi. Ota-ona qiyinchilik bilan bo‘lsa-da bolaning xarxashasidan qutulish uchun aytgan narsasini olib beradi. Bundan bolada boqimandalik kayfiyati, isrofgarchilik odati, xudbinlik paydo bo‘ladi. U haqiqiy yurt farzandi, meh- natkashi bo‘la olmaydi. Bundan bolaga umuman sovg‘a bermaslik kerak, degan ma’no chiqmaydi, sovg‘a bolaga katta xursandchilik baxsh etadi va u sovg‘a kutadi! Puxta o‘ylab qilingan sovg‘aning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi. 98
Bolaning oila xo'jaligi ishlarida qatnashishi o‘zining ortiqcha talablarini tiyishga, isrofgarchilikka qarshi kurashga o'rgatadi. Bola 8-9 yoshga yetganda xarajatlarni hisobga olgan holda oldindan pul berib turish mumkin. Bola bunga o‘rgangandan keyin uni muntazam ta’minlab turish zarur. Bolaning mehnati yoki o‘qishi uchun hech qachon pul bilan rag'batlantirmaslik kerak. OILADA IQTISODIYOT To‘g‘ri tashkil qilish omili Iqtisodiy tarbiya, xususan, tejamkorlik tarbiyasi oiladan