jihozlarga, eng yaxshi kiyim-kechak, sifatli oziq-ovqat, ko'rkam dala hovli kabilarga ega bo‘lishni istaydi. Ammo, oila budjeti doim chegaralangan. Demak, chegaralangan imkoniyatdan samarali foydalangan holda chegaralanmagan ehtiyojni qondirish muammolarini yechish iqtisodiyotni keltirib chiqaradi. Oila budjetni sarflash yo'nalishlari turining ahamiyatiga qarab o‘zgaradi. Masalan, oila a’zolarini avtomobil olishga bo‘lgan ehtiyoji birinchi o‘ringa qo‘yilsa, qolgan yo‘nalish- lardagi sarf-xarajatlar avtomobil sotib olish maqsadiga erishgunga qadar kamaytiriladi. Shuningdek, yuqoridagi yo'nalishlarda ko‘rsatilgan katta xarajatlarga bo‘lgan ehtiyoj maqsadga aylansa, qolgan yo‘nalishlarga sarflanadigan mablag‘ o‘z-o‘zidan kamayadi. Pul va molni kerakli, zarur narsalarga sarflagandan keyin qolgan puldan bir qismini kelgusi kunlar uchun saqlash lozim. Shunday qilinsa, doimo iqtisod qilib borilsa, katta sarmoya hosil bo‘ladi. 94
Iqtisod qilishga, tejashga odatlangan odamlar saodat va tinchlik bilan umr kechiradilar. To‘g‘ri, yaxshi yeyish, ichish, kiyish kerak, ammo «ko'rpangga qarab oyoq uzat» naqliga amal qilinsa, boshqalaming narsalariga ta’ma qilinmaydi, ko‘ngil ham xotiqam bo'ladi. Qo'lida bo‘lgan pulga, mulkka qanoat qilmagan odamning nafsi butun dunyo moliga ham qanoat qilmaydi. Isrof - o'rinsiz, foydasiz ishlarga pul va mol sarflashdir. Qo‘ldagi pul va molni kerakli joylarga sarflash, yaxshi idora qila olish, isrofgarchilikdan saqlanish lozim. Shuhrat qozo- nish uchun to‘y va ziyofatlar qilib, pul sarflash nodonlikdir. Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol, davlatiga