lishini o'rgangan edik: 1. Uy-joy xarajatlari. 2. Oila uchun oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, transport xarajatlari. 3. Ro‘zg‘or uchun jihozlar. 4. Oila miqyosidagi an’anaviy tadbirlar o ‘tkazish uchun sarf-xarajatlar. 5. Oilaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi xo‘jalikka qaratilgan sarf-xarajatlar (yem-xashak, kunjara, siylos, don va boshqalar). 6. Oila uchun texnikaviy jihozlar. Sanab o'tilgan sarf-xarajatlar katta va kichik doimiy va takrorlanuvchi bo‘lishi mumkin. XARAJAT TURLARI Uy-joy, avtomobil, zamonaviy texnika, an’anaviy tad birlar kabilarga sarflanadigan mablag1 Katta
xarajatlar hisob lanadi. Turli uy-ro‘zg‘or anjomlari (bolg‘a, tesha, supurgi, changyutgich, qozon, idish-tovoq va boshqalar), ro‘zg‘orga oid, zarur kichik jihozlar, mayda-chuydalarga sarflanadigan mablag* KichiK xarajatlar deb ataladi. 93
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun, oilaga qo‘shimcha daromad keitiruvchi xo‘jalikka yo‘naltirilgan sarflar hamda kundalik ehtiycj uchun ajratiladigan mablag'lar doimiy xarajatlar sanaladi. Uy-hovli soliqlari, radio, telefon, gaz, suv, elektr kabi- larga toiovlar, mavsumiy kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari va boshqalarga sarflanadigan mablag'lar taKrorlanuvchi xarajat lar deb yuritiladi. Oila budjetini to‘liq va to‘g‘ri tushunishdan_ iqtisodning tub ma’nosini anglash, shuningdek «Iqtisod» qasrining sehrli kalitini topish boshlanadi. Gap shundaki, oila va uning a’zolari ehtiyoji chegaralanmagan. Masalan: hamma oila hashamatli uy-joy, zamonaviy avtotransport, texnikaviy