siyasining 46-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala layoqatida hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo‘ysindirib, qaram qilib ham qo‘ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab- baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. 0 ‘zbekistonda er va xotin rasmiy jihatlardagina emas, balki oilada ham teng huquqga egadir. Oila huquqiga asosan er-xotin umumiy xo‘jalik ishlarini biigalikda, o‘zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy yordam berib, ko‘makdosh bo‘lib yashaydilar, hamma ma- salalami bamaslahat hal qiladilar. Biroq er-xotindan birining shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam xalaqit berish (masalan, eming yoki xotinning mashg‘ulot turi, kasb tanlashiga halal yetkazish), shaxsiy huquqlami amalga oshi- rishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin. Familiya tanlash huquqi er-xotinning muhim shaxsiy huquqlaridan hisoblanadi. Oila kodeksining 20-moddasiga binoan, «Nikoh tuzish vaqtidan er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ulaming har biri nikohgacha bo‘lgan o ‘z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining failiyasini o‘zgartirishi bosh- qasining ham familiyasini o‘zgarishga olib kelmaydi». Keyinchalik familiyani o‘zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 90
Er va xotinning oilaviy munosabatlarda teng huquqliligi va babbaravar majburiyatlaiga ega ekanligi mulkiy muno