kamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi dav- latdir. Ma’lumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan sanalgan. Unga bunday e’zozli munosabat bugungi kunda ham o'zgargani yo‘q. «Oila, - deydi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, - hayotning abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta’min- laydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i...». Shu fikming o‘ziyoq oilani e’zozlash, uning qadr-qimmatini yuksakka ko‘tarish bizning ongimizga mustahkam jo bo‘lganligining yorqin dalilidir. 0 £zbek oilasi serfandzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. 0 £zbek oilasining o‘ziga xos etnografik xususiyatlari: ko‘p bolalik, ko‘p tabaqalilik (bir necha avlod vakillarining birga yashashlari), avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning boshqa mamlakatlardagina nisbatan kuchliligi va shu kabi qator xususiyatlari uning psixologik ahamiyatini yanada orttirib yuboradi. O‘zbekiston dunyoda aholisining soni ancha tez ko'payib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Oila erkak va ayolning nikohdan o‘tib, bir yostiqqa bosh qo‘ygan kunidan boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom ettirish hamda ota-bobolarning eng yaxshi 87
an’ana va udumlarini davom ettirish, turmushni mustah- kamlashdan iboratdir. Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat: birinchidan - u jamiyatning demokratik hujayrasini