xarid qilishga, gazeta-jumalga) mablag*. 3. Uzoq muddat saqlanadigan buyumlar sotib olishga sarflanadigan mablag‘. Yillik umumiy daromaddan sug‘urtaga, oilaning katta a’zolari sarf qiladigan ba’zi xarajatlarni chiqarib tashlaymiz. Xarajatni rejalashtirishni kunda boladigan xarajatlaming aniq miqdorini belgilashdan boshlash kerak, shunda undan ortgan daromad uzoq muddat saqlanadigan buyumlar sotib olishga sarflanadi. Kundalik xarajatlar oilaning umumiy daromadiga hamda yashash usuliga qarab belgilanadi. Bunda uy-ro‘zg‘or ishlarini boshqaradigan ayolga ham ko‘p narsa bog‘liq, shunday ayollar borki, hech qachon ovqati aynimaydi, nonni isrof qilmaydi, hammayoq saranjom-sarishta, hech shoshib qolmaydi, ro‘zg‘orida doim hamma narsa yetarli bo'ladi. Boshqa bir ayol buning mutlaqo teskarisi. Bu esa ayolning qizligida uyida olgan tarbiyasiga ham bog‘liq. Ba’zi oilalar kayf-safoni, to'kin-sochin dasturxon atrofida mehmon kutishni, sovg‘a-salom bilan mehmonga borishni, 97
boshqalari sayohatni, yana ba’zilari kutubxonalari uchun kitob yig‘ishni sevadilar. Xarajat ham shunga qarab bo'ladi. Ayrim bolalar ota-onalarining oylik daromadlari qancha ekanligini bilmagani uchun ba’zi qimmatbaho narsa olib be- rishni talab qilib turib oladi. Oylik daromadni bilganida u bunday qilmasdi. Shuning uchun Makarenko bolani oila xo'jaligini yuritish ishlaridan xabardor qilib turish kerakligini uqtirgan edi. Agar oila yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, bu haqda bolaning o ‘rtoqlariga maqtanishiga yo‘l qo£ymaslik kerak. Oila o‘z