shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir Temur o‘z
tuzuklarida shunday vasiyat qiladi: «o‘g£illarim, nabiralarim
va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa
e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng
ko‘rdim» — deya farzandlarga jufl tanlash masalasiga katta
e’tibor bergan.
Ikkinchi bosqich - kelinni kuyovning uyiga olib kelish,
nikohlash, to‘y-tomosha, bazim kabi tadbirlami o‘z ichiga
oladi.
Uchinchi bosqich - nikoh to‘yidan so‘ng o'tadigan «yuz
ochdi», «keUn salom», «kuyov chaqirdi» kabilardan iborat.
Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy
fazilatlari namoyon bo'ladi; to‘yga
barcha oldindan tayyor-
lanadi, hamma o‘zining yaxshi ko‘igan liboslarini kiyadi,
barchada ko‘tarinki ruh, xursandchilik hukum suradi.
Hozirgi paytda nikoh to'ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz
bermoqda. Bugungi nikoh to‘ylarida yigit-qizning roziligi,
o‘zaro muhabbati asosida o‘tkazilmoqda. Balog‘atga yetma-
gan yoshlami nikohdan o'tkazish butunlay yo‘q oldi.
«Qalin», «sut puli» kabi ortiqcha xarajat talab qiladigan
qadimiy udumlar deyarli barham topdi. Ortiqcha xarajatlar
butunlay yo‘q bo‘lmasada, ular o‘mini yangi oila uchun
zarur bo‘lgan jihozlarni olib berish an’anasi egalladi.
Mustaqillik sharofati bilan yoshlami
nikoh oldidan tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida ko'zda tutilgan:
«Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ulaming
roziligi bilan o‘tkaziladi» — degan qoidadan ko‘tilgan maqsad
muddao g‘oyat qutlug‘dir. Bu qoida mohiyatan jamiyatda
sogiom oilani shakllantirish, sog‘lom avlodni dunyoga
163
keltirish va ulami barkamol bo‘lib tug'ilishini ta’minlashga
qaratilgan an’anadir.
0 ‘zbek nikoh to'ylari hozirgi paytda asosan uchta
marosimdan iborat bo‘lmoqda:
1. «Non sindirish» marosimi — kelin va kuyovning ota-
onasi, qarindoshlarining nikoh to‘yini o‘tkazish
rejasini tuzib
olishlari uchun zurur bo‘lgan muloqot - kengash vazifasini
o‘taydi.
2. Kelin-kuyovning FHDYO byurosi ro‘yhatidan o‘tishi.
Bu an’ana oilaning huquq va majburiyatlarini qonunlashtirish
vazifasini bajaradi.
3. To‘y marosimi yosh yigit-qiz oila qurganligini tan-
tanali nishonlash uchun xizmat qiladi.
Oilaviy marosimlami o'tkazish jarayonida namoyon
bo‘ladigan insonparvarlik, mehribonlik, mehmondo‘stlik kabi
fazilatlar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar
davomida avloddan-avlodga o‘tib
kelayotgan xalq odatlari,
folklor janrlari, lapar, yor-yor, o‘lan marosim qo‘shiqlari,
о ‘yin - musobaqalar, duolardan foydalanish - yoshlaming
ma’naviy kamol topishida katta ahamiyatga ega.
Kumush, oltin va olmos to‘ylar. Hayotimiz farovonlashib
bargani sari to'ylaming yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda.
Er-xotinning 25 yil, 50 yil, 75 yil biiga oilaviy hayot
kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos to‘ylarini
o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi.
Xalqimizning yoshi kattalami, ayniqsa, qariyalami hurmat
qilish kabi qadimiy an’analari hamda o‘zbek
oilalarining
mustahkamligini ana shunday yubiley to‘yladni o‘tkazish
uchun asos bo‘ldi. Shuni alohida aytish joizki, bunday
yubiley to‘ylarini, ayniqsa, olmos to‘yini nishonlash ham-
maga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun oltin to‘y
164
kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin to‘yga
qaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkil
qilinishi kerak. Azaldan mustahkam an’analarga ega boigan
o‘zbek oilalari hayotiga 60-yillardan
boshlab oltin, kumush
va olmos to'ylari kirib keldi.
80-yillar oxirida esa «oila bayrami» degan yangi to‘y
shakli paydo bo‘ldi. Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin
kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y egalari ham
birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning
turli shahar qishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular
oilalami mustahkamlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: