Alisher Navoiy bolalar oilada va maktabda imtizomli
bo'lishlari va o‘zlarining odobli ekanliklarini kursatishlari
kerakligini ham ta’kidlab o‘tgan edi.
Navoiy taibiya usuli sifatida namuna ko‘rsatishga alohida
e’tibor berar va kishilami, ayniqsa, yoshlami yaxshi kishilar-
dan o'rganishga, ulardan ibrat olishga, ulaming davrasida
bo‘lish, ular bilan tez-tez suhbatlashishga chaqirar edi. U
bola tarbiyasida ota-onalaming ibrati to‘g‘risida:
Farzand ato qullugin chu odat qilgay,
Ul odat ila kasbi saodat qilgay,
Har kimki atoga ко ‘p rivoyat qilgay,
0 ‘g ‘lidan anga bu ish siroyat qilgay.
Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy o‘zining «Ax-
loqi Nasriy» asarida yaxshi tarbiyaning muhimligiga ko‘p
to‘xtalgan. U ota-onalaming huquq va burchlari, saxovatlilik,
baxt, insonning oliyjanob xislatlari, qadr-qimmat, sadoqat va
samimiylik, salomatlilik (kishi o‘zida yaxshi axloqiy xislat-
lami shakllantirish uchun salomatlik juda zarur, deydi Tusiy)
to‘g‘risida juda qimmatli fikrlami berganki, oradan yetti
asr o‘tib ham, ular o‘z ahamiyatini yo'qotmagan.
Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, roli ko‘plab xalq
maqol va matallarida uchratish mumkin.
Ota-onaning tarbiyachilik roli to‘g‘risidagi quyidagi xalq
maqolini keltirish mumkin:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: