tug'ma xususiyatlami o'zgartirishga, uni yaxshi yoki yomon
tomonlarga burib yuborishga qodirdir.
Ushbu kitob aynan mana shu masalaiga bag‘ishlangan. U
farzand bilan bo‘ladigan munosabatlami
qanday tashkil
qilish, undagi ijobiy fazilatlami qaysi usullar yordamida
takomillashtirish, bolaga zarur bo‘lgan hissiy madadni qay
yo'sinda amalga oshirish haqida ma’lumot beradi. Bitta
kitobda tarbiyaning barcha jihatlarini qamrab olish qiyin,
albatta. Shu bois, biz asosiy va eng samarali tomonlaigagina
to‘xtalib o'tamiz.
Ota-onalaming aksariyati o‘z farzandlarini jonu dildan
sevadilar va o‘z mehr-muhabbatlarini
yetkazyapman deb
o'ylaydilar.
Farzandga qaratilgan e’tiborni berish usullari
Yuqorida farzandga qaratilgan e’tiboming farzand ha-
yotiga ahamiyati haqida fikr yuritib ko‘rdik, endi uni bolaga
yetkazib berish usullari haqida suhbatlashamiz. Shaxsiy
tajribalarimizga tayangan holda shunday xulosalarga keldim-
ki, vaqt ajratib, farzand bilan yakkama-yakka bo‘lish farzand
ga qaratilgan e’tiborning eng muhim usuli ekan. Imonim
komilki, siz bu usulning qiyin ekanligi haqida o‘ylay boshla-
dingiz. Siz haqsiz
farzand uchun vaqt ajratib, boshqa hech
narsaga fikmi bo'lmay, u bilan birga, yonida bo‘lish oson
kechmaydi. Bu farzand tarbiyasidagi eng qiyin narsa. Ibratli
ota-onani boshqalardan ajratib turuvchi belgi ham aynan
mana shunda — ular o‘z farzandlari tarbiyasi uchun har doim
vaqt ajrata oladilar. Bu o‘rinda bir narsani hech qachon
yoddan chiqarmaslik kerak: yaxshi tarbiya sizdan vaqt
ajratishni talab qiladi. Bizning
tezkor zamonimizda ortiqcha
280
vaqtni topishning o‘zi bo‘lmaydi. Ayniqsa, farzand televizor
bilan band bo‘lgan, o‘zini ekran yoki ko‘zgu oldida tutgan
bugungi zamonda bu ish murakkab sanaladi. Hammamizga
qunday ravshanki, farzandlarimiz hozirda to‘liq tashqi
ta’sirlar ostida qolgan. Bunday vaziyatda farzandni suhbatga
tortish mushkul, ammo ota-onalik mas’uliyati sizni bunga
majbur qiladi.
Qolaversa, bu kabi yakkama-yakka bo'lish-
laming bola uchun kelajakda samarasi kuchli bo'ladi. 0 ‘z
farzandlarini baxtli, tengdoshlari davrasida dadil, osoyishta,
qo'shimchasiga a’lochi o‘quvchilar safida bo‘lishini kim ham
istamaydi deysiz?! Faqat buning uchun farzandlarimiz bilan
yakkama-yaka bo‘lishga, suhbatlashishga vaqt topa bilishimiz
shart.
Amerikalik mashxur olimlardan birining to'rt farzandi
bor. U yaqinda bo‘lib o‘tgan anjumanda farzandlar uchun
vaqt ajratishning nihoyatda og‘irligini,
lekin yakshanbada bir
bola uchun yarim soat vaqt ajratishga o‘ziga o‘zi so‘z
berganligi haqida gapirdi. «Har bir ota-ona, - deydi u, - bu
borada o‘zlariga reja tuzib olish lozim».
Meni ham aynan mana shu masala qiynardi. Bir misol:
qizim har dushanba kuni mening ishxonamga yaqin bo‘lgan
to'garak mashg'ulotlariga qatnashar edi.
Ish kunimni
shunday rejalashtirgan edimki, kechki payt uni to‘garakdan
chiqish paytida kutib olardim. U bilan qahvaxonaga kirib,
birga ovqatlanardik. Bizga hech kim xalaqit bermasdi. Qi-
zimga butun diqqat-e’tiborimni qaratish uchun menda fursat
topilardi. Qizimni qiziqishlari haqida suhbatlashardim va eng
asosiysi, u bilan yakkama-yakka bo‘lishga vaqt topardim.
Farzand
bilan holi suhbatlashib, uning hayotini tushunib
yetsangiz, shundagi o‘simlik qiyinchiliklarini yengib o‘tishda
unga yordam bera olgan bo‘lasiz.
281
Bolalar soni ko‘p bo‘lsa, ulaming har bittasi uchun jon
kuydirish shunchalik mushkullashadi. Esimda, 7 yoshli qiza-
loqni mening huzuritrtga maslahat uchun olib kelishdi.
Qizchaning uydagi va maktabdagi muammolari to‘lib-toshib
ketgan ekan. U uy vazifalarini bajarishda qiynalar, tengdosh-
lari, aka-ukalari bilan muomala-munosabatlarda esa yoshiga
mos ish tutmas ekan. Gap nimada ekanligini tushunib yetgan
boisangiz kerak. Uning oilasida 10 farzand bo‘lib,
tabiiy ra-
vishda ota-onalari ulaming har biri uchun vaqt ajrata olma-
ganlar. Qizaloqni o‘zlarining e’tiborsizligini azob chekayot-
ganligi ulaming hayoliga ham kelmagan. Sababi boshqa
farzandlari ular bilan biiga me’yordagidek hayot kechi-
rishardi.
Oilaning qishloqda dehqon-fermer xo‘jaligi bo‘lib, katta
farzandlari shu yerda mehnat qilishardi. Qizaloq esa yoshligi
sababli ular bilan birga ishlay olmasdi. Bir o‘zi uyda qol-
ganligi bois o‘zini oilada yolg‘iz va tashlandiq sezardi. Ota-
onasi uni qattiq sevar, biroq qizaloq buni sezmasdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: