Oila pedagogikasi


səhifə131/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

o ‘rin-
ni egallaydilar.
5-6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bog‘cha tarbiyachilar 
so‘rovlari shuni ko‘rsatdiki, ko'pchilik bolaning maktabga 
tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qo‘yish- 
moqda. Ta’lim tarbiyaviy - ishni bolani tafakkuri, nutqi va 
bilim jarayonlarini shakllantirishga yo‘naltirilib, pedagoglar 
bolani tabiat va jamoat to‘g‘risida asosiy bilimlar bilan 
boyitishadi. Ular, ota-onalar kabi aqliy va jismoniy tayyor- 
garlikning yuqori darajasi bolaning shu sohadagi duch kelgan 
qiyinchiliklardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bunda, shaxs- 
ning iroda va intizom kabi sifatlarini taibiyalashga kamroq 
e’tibor beriladi.
Qandan qilib olimlar maktabga tayyorgarlikni aniqlasha- 
di? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta’lim va 
tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmuni muvaffaqiyatli o‘z- 
lashtirib olishga yo‘l qo‘yadigan shaxsning umumiy rivoj- 
langanligi deb ko‘rsatilgan, yana maktabgacha yoshdagi bola 
o‘zining jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi 
kerak bolgan.
Maktabga tayyorgarlik darajasini bolaning katta aqliy 
vajihatlaming yaxlit bir sistemasi (tartibi) deb ko‘rsatilgan. 
Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun organizm va asab 
sistemasining ma’lum yetuklik saviyasini aniqlaydi (ko‘r- 
satadi). Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olingan 
oddiy bilimlar, amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar,
289


tafakkur, nutq va bilim qiziqishlarining rivojlanish darajasi, 
hulqning ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarini shakllanish da­
rajasi katta ahamiyatga ega.
Psixologlar (ruhshunoslar) maktabga umumiy tayyor- 
garlikning quyidagi taraflarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, 
ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his tuyg'uli) va sababli (mo- 
tivli).
Boshlang‘ich maktab bolaning o'qitishga tayyorgarlik 
darajasiga o‘z talablarini qo'yadi. Talablardan bin - bog‘cha 
bolalariga xos bo‘lgan kun tartibga rioya qilish. Maktabgacha 
bolaning bog‘chaga borish vaqti oilaviy sharoitga qarab 
belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy — bola dars- 
laiga har kuni kelishi shart.
Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq 
bo'lgan turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. Asosan, bola 
o‘z xohish (istagi) bo‘yicha o‘ynaydi yoki ish bilan shug‘ul- 
lanadi. Bola o'zining mashg‘ulotlarini va o‘yinlarini vaqti va 
mazmunini o‘rganish mumkin. Maktabda esa kunning birin- 
chi qismining asosiy vaqtini tartibli (sistemali) o‘qitish 
egallaydi; bundan tashqari, kunning ikkinchi qismini ma’lum 
vaqtini yana darslami tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda 
bola o‘z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar 
chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo‘y- 
sunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida 
kelishi, o‘quv qurollarini olib kelishi, maktab ta’lim sha- 
roitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda ma’lum vaqt tinch 
o ‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffuzda esa 
nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z kuchlarini tiklab olishi kerak 
bo‘ladi. Maktabdagi ta’limning tashkil etilishi va mazmuni 
o‘quvchining mustaqil ishlashini ta’minlab beradigan malaka 
va ko'nikmalarining rivojla-nishini yuqori darajasini talab
290


qiladi. Bolaning yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun, 
masalan, unda barmoqlarini mayda harakatlari rivojlangan 
bo'lishi shart.
Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihat­
dan o‘rganish, uchun bolaga eng, awalo, mustahkam sog'liq, 
oignizmni kasalliklarga kurashish qobiliyati, jismoniy chi- 
niqish va chidamli bo‘lish kerak. Sistemali (tartibli) ta’lim 
uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya’ni, aniqrog‘i, maktabga 
umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi.
Bola birinchi sinfda uchta fan (o'qish, yozuv va ma- 
tematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to‘g‘risida oddiy 
bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak atrof- 
dagi hodisalar haqida ma’lum tasawur bilan maktabga kelishi 
kerak. Bolaning o‘quv materialni to‘liq o'zlashtirishi va 
ta’limni bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy fao- 
liyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish 
darajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur funksiyalari, 
hamda aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari ta’sir qiladi, 
Bola tahlil qilish (analiz) qobiliyatiga o‘rganish kerak: 
narsalami (predmetlami) idrok etganda muhim va muhifti 
bo‘lmaganlami ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalami umum- 
lashtirish, guruhlash va hokazo. Bola zehinli, ziyrak, topqir, 
mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltiradigan aqliy 
faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi.
Ta’limning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola 
nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mus­
taqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to‘g‘ri gapira 
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Nutq-aqliy faoliyatning asosiy qismi 
(komponenti) va bolaning shu faoliyati natijalarini aytib bera 
olftdigan asosiy vosita bo‘ladi. 0 ‘qishda ijobiy natijalarga
291


erishishning muhim asoslaridan bilimdonlik, tirishqoqlik 
hisoblanadi.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va 
asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o'mida ham o‘zgarishlar 
sodir bo‘ladi. Bola munosabatlari shakllangan tanish teng- 
doshlar va kattalar jamoadan, notanish bolalar va kattalar 
jamiyatiga o‘tadi. Oldingi jamoada (kollektivda) bola ma’lum 
bir o‘rinni egallash, o'zini huquq, burch va imtiyozlarini Ы1аг 
edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoatida esa bola o‘zini 
boshidan ko‘rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, 
maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgi- 
lanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlardan 
biri, nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida, — 
bu muvaffaqiyatli o‘qish bo‘lib qoladi.
Baho qo‘yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy 
hujjat shakliga ega.
Maktabda uzoq muddat ota-ona g‘amxo‘rligisiz bo‘lgani 
sababli, bola o‘z yoshiga mos his tuyg'u va iroda mustah- 
kamligiga ega, o‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar 
o‘quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o‘qishni xohlab, intilsa, 
ta’limdagi boshlang‘ich qiyinchiliklami tezroq va 
osonroq 
bartaraf etiladi. Iroda bolaga barcha 
maktab vazifalarini 
doimiy va muvaffaqiyatga bajarishga kerak bo'ladi.
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, 
xarakteming ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa 
bolalar bilan muloqot o‘rnatishda, sinfdoshlar bilan do‘stona 
munosabat o‘matishda va jamoada faol ishtirok etishda juda 
katta yordam beradi.
Bolani maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning 
har tomonlama, ya’ni uning ma’lum bir taraflari emas, balki 
hamma taraflari rivojlangan bo‘Iish kerak. Har qanday bir
292


tarafmi rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, irodaviy 
yoki amaliy-harakatli) maktabda o‘zlashtirmaslikning sabab- 
laridan bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi sinfda o‘quv fanlaming 
(o‘qish, yozish, matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun 
maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo'lishlari kerak. 
Masalan, matematika o‘qitishda o‘qituvchi bola narsalaming 
rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisob- 
laydi; yozuvni o‘rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini 
to‘g‘ri ishlata olishini, grafik mashqlami bajara olishga 
tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko'nikmalar maktabga 
maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus 
tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi, bir-birini chiqarib tash- 
lamaydilar. Maktab fanlarini mazmunini o‘zlashtirishda 
bolani, maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib 
chiqadi, unga mos keladi va tayanadi va aksincha, maxsus 
tayyorgarlikning mazmuni ta’limning umumiy tayyorgarlikka 
yordam berish kerak.
Bola shaxsini rivojlantirishda ma’lum bir tarafiga (asosan, 
aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e’tibor berish 
kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki bola­
ning yoshini hisobga olinmagan tezlashtirilgan, jadal o‘qitish 
zarur hisoblanadi.
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda 
katta ahamiyatga ega, chunki shu davrda shaxsning asoslari 
solinadi. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin