«Tarbiyali xotin ota-onasini, eri hamda bolasini, butun oila ahlini oilaga munosabati bo‘lgan do‘stu-qo‘shnilarini, xodi- mu xodimalarini xulqi bilan mamnun qilur», — deyiladi. Amoma binti Xoris ismli ayol tajribasidan misol. U o‘z qizlarini kelin bo‘lib, kuyovning uyiga ko‘chirilishdan oldin saodatli oila asoslarini bayon qiluvchi nasihatlarini qilib kuzatgan ekan: «Ey qizginam, agar ahli fazl va ahli odoblarga nasihat kerak bo‘lmaganida edi, senga nasihat qilmas edim. Lekin nasihat — g‘ofilga eslatma, oqilga yordamdir. Agar qiz bola ota-onasining kambag‘alligi sababli erga berilishi kerak bo‘lganida, sen hech qachon uzatilmagan bo‘lur eding. Chunki otangning boyligi ham, martabasi ham yetarli. Lekin hayot qonunlariga ko‘ra ayollar erkaklar uchun va aksincha erkaklar ayollar uchun yaratilgandir. 64
Ey qizginam, endi o‘zing o‘sgan havodan ayrilding. 0 ‘zing yayrab-yashnagan oshiyondan chiqding va notanish joyga borib, awal o'zing bilmagan sherikka uchraysan. U endi sening xojang, do‘sting, mahbubingdir. Sen unga cho‘ri bo‘lsang, u senga qul bo‘ladi. Sen unga yer bo‘lsang, u senga osmon bo‘ladi. Sen uning uchun 10 xislatni ado qilsang, oilada mas’ul va baxtiyor hayot kechirasizlar: 1. Qanoat sohibasi bo‘l, undan hayiqib tur, ering uyga nima ko‘tarib kelsa, xushfe’llik va odob-nazokat bilan qabul qilib ol va tashakkur ayt. 2. Eringga hamisha itoatda bo‘l, amrlarini yaxshi- lab tingla va bajar. 3. Eringning nazari tushadigan joylarga e ’tibor qil. Uy ichi va hovlini nihoyatda ozoda va tartibli tut. 4. Eringning bumiga xushyor bo‘l, dimog‘iga yomon