davrida onalarga katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. 3. Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma’naviyatining kurtaklarini parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o ‘z ota-onalari haqida g ‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar Sharqda oila muqaddas deb sanalgan va nikohsiz er-xotin bo‘lish man etilgan. Millat ko‘payishining birdan-bir yo‘Ii erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo‘lishidir. Gapb oilasini g‘oyalar dunyosi boshqarsa, Sharqda oila urf- odat va diniy qoidalartbilan tartibga solingan. Sharqda oilaviy 63
munosabatlar ham ayollar davomida o‘zida diniy, milliy, umuminsoniy madaniyatni shakllantirgani, har qanday sha- roitda ham insoniy qadr-qimmatni ustuvor bilgani, milliy axloq-odobga asoslanganligi bilan farqlanadi. Sharq oilasiga xos xususiyat oilalaming mustahkamligi, kishilaming oilaviy hayotdan tashqarida yashashni tasawur qila olmasligi, oilaparvarligi, jamoa bo‘lib yashashning ustunligi, serfar- zandligi, bolajonligi, oilani muqaddas bilishida namoyon bo‘ladi. Oila qurmoqchi bo‘lgan har bir yigit-qiz o‘ziga umr yo‘ldoshi tanlashda bo‘lajak farzandlarining otasi yo ona- sining shaxsiy fazilatlariga e’tibor berishi kerak. Chunki otaning axloqi, odobi, onaning fazilatlari bolaga o‘tishi isbot talab qilmas haqiqatdir. Xullas, o‘g‘il ham, qiz bola ham eng awalo, oila muhitida g‘uncha ochadi. Ana shu g‘uncha uning ma’naviyatida, qalbida bir umr yo‘lchi yulduz kabi nur sochib turadi. Rizouddin ibn Faxriddinning «Oila» risolasida: