Oila xo‘jaligini yuritganda sarflami nazorat qilib borish
shart. Bunda sira erinchoqlik qilmasdan har oyning oxirida
awal belgilab olingan sarflar joy-joyiga ketgan-ketma-
ganligini, yoki izidan chiqish ro‘y bergan-bermaganligini
tekshirib qo'yish kerak. Izidan chiqish, ortiqcha xarajat sodir
bo‘lgan hollarda sababini aniqlash lozim. Nazorat qilishda
daromad bo‘ldi-yu, qancha buromad bo‘ldi, buni yozib
borish shart. Albatta, shunday ham vaqt yetishmaydi-yu,
xonadon hisob-kitobi bilan shug‘ullanishga kimning vaqti
bor? degan e’tirozlar bo'lishi turgan gap. Maqsad uy
xo‘jaligini boshqarishni tashkil etish, oilaviy yetishmovchi-
likka, chiqimning kirimdan ko‘payib ketishiga abadiy barham
berish kerak ekan, «xonadon hisob-kitobi» bilan mashg‘ul
bo‘lishi shart, albatta.
Modomiki, oila budjeti xarajatlar uchun asos ekan, uni
amalga oshirish usuli — ro‘zg‘or hisob-kitobidir.
Kuzatishlaming ko'rsatishicha hisob-kitob olib boradigan
oilalarda bu ishga har kuni 10 daqiqagina vaqt sarflanar ekan.
Hisob-kitob qilib, pulni joy-joyiga sarflashdan keladigan
foydaga nisbatan har kuni yo‘qolgan 10 daqiqa nima degan
gap.
Kirim-chiqimlarga oid uy daftarida: daromadlar, kun-
dalik chiqimlar, jamg‘armalar va to‘lovlar bo‘limlari bo‘Iishi
lozim. Awalo, barcha pul daromadlari, shuningdek, kundalik
xarajatlar qayd qilinishi kerak. Ana shundagina oilaviy hisob-
kitobning mufassal
Yüklə
Dostları ilə paylaş: