5.1. Sharq mutafakkirlari merosida oila
va oilaviy tarbiya masalalari
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy
tarbiya haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qo-
big‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan
umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamo-
hangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada
farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Mu
hammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu All Ibn Sino, Muhammad Koshg‘ariy,
1.24
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz
Koshifiy kabi mutafakkirlaming qator asarlarida bolalami
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va
ulami hal etish yo‘llari ko'rsatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha,
«Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi:
birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot
sababli». Shunga ko'ra ulami uzviy birlikda olib qarash
tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi
so‘zlari anchayin ibratlidir: «Zamondan yaxshiroq
ta’lim
beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq
ta’lim oladigan
o‘quvchini ko‘rmadim». Uning bu so‘zlaridan bir tomondan
ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini
anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida
kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini,
umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan
bog‘laydi. Inson tabiati esa, awalo, oilada shakllanadi.
Shunga ko‘ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali
benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla
ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangin.
U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga
taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg‘otadi. 0 ‘zingni bezab
yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo‘y
atirlardan foydalangin. Ulaming ichida eng yaxshisi suvdir».
Uning bu fikrlari be vosita oilada farzand tarbiyasiga ta-
alluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga
tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u
yerda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikmi-tanani toza
125
tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qi-
lishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning
qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi
pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu
narsa bola -tarbiyasi jismoniy sogiomlik bilan ma’naviy-
axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi bugungi
kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata
bolaning mo'tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan
bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uyqu-
sizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ulami xohlagan va
foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoq-
lashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning
bolaga turli munosabati turlicha xulqlami keltirib chiqaradi.
Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan
va ruh sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Beruniy bola taibiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini
birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy
axloqiy taibiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan
holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o ‘rta-
sidagi kurash natijasida namoyon boiadi va shakllanadi.
Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sino-
ning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining
qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida,
eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko'plab
qimmatbaho fikrlami yozadi. Ulaming hammasi bir butun
bo'lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va
u ma’naviy-axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi
g'oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning «Tadbiri al-manozil»
nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masa-
lalariga bag‘ishlangandir.
126
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik
bo'lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan
olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy
ahamiyati haqida to‘xtalib, «Alla» ikki vazifani bajaradi,
deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom
bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan
onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan
onaning orzu umidi yurak to‘ridan silqib chiqadi. Bu o‘ziga
xos qo‘shiq bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzan-
dining murg'ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o‘zi
ham anglolmagan holat paydo bo'ladi. U asta-sekin bu
yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan
o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir.
Zotan o‘iganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana shu
holatga e’tiborini qaratib, «Yosh bolaning sezgirlik quwati
katta odamga teng keladi», degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola taibiyasida oila boshlig‘i otaning roliga
alohida e’tibor beradi. «Agar oilada - deydi u, oila boshlig'i
tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay
olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi
mumkin». Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi.
Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-
ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan
ado etishi lozim. Ibn Sino «tadbiri al-manozil» asarida er va
xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ulaming shaxsiy
namunalari bola uchun o‘mak bo‘lib, kelajak taqdirini bel-
gilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy — axloqiy taibiyalashda
mehnatsevariikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalami
farzandlariga nisbatan kasb-hunar o'rgatishga chaqiradi.
127
Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga
bo£lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib
o‘zining «Qutadg‘u bilig»da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib,
shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli
bo‘Isa ota-onasining yuzi shunchalik yorug£ bo‘ladi». U bola
tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi.
«Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu
kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida
bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning
o£zida; o £g£il-qizning xulq-atvori yaramas bo£lsa, bu yaramas
ishni ota qilgan bo£ladi. Ota boialarini nazorat qilib, turli
hunarlami o£rgatsa, ular ulg£aygach, o£g£il-qizim bor deb
sevinadi; o£g£il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu
hunar bilan ulaming fe’l-atvorlari go‘zal bo£lsin». Yusuf Xos
Hojib o£z asarida shunday fikrlami o£rtaga tashlaydiki, ular
bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab
jarayon deb tushunadi. U beldan madomi, tandan quwatni,
ko£zdan numi, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kid-
lashicha, agar insonning o‘zida go£zal fazilatlar bo£lsa, ulami
boshqalarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusm
odat va prodani hosil qilish uchun zo£r kuch va harakat
kerak bo£ladi. Bu narsa ta’lim-tarbiya natijasida paydo
bo£ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik qarashlari bitta asosiy
masalaga borib taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir.
Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘mi, ijtimoiy
vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil qilinadi.
Odam bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yara-
tilgan. Shunga ko‘ra uni taibiyalashdan maqsad uning ongiga
odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini singdirishdan
128
iborat. Bu oliyjanob vazifani bajarish esa ota-onaning zim-
masidadir.
Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan
mashhur asarlardan biri Unsurul maoliy Koykovusning
«Qobusnoma»sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraq-
qiyotida muhim o‘rinni egallaydi va qanchadan-qancha
avlodlami ma ’ naviy-axloqiy taibiyalashda o‘z hissasini
qo'shib kelmoq da. «Qobusnoma» falsafiy didaktik asar
bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga
oladi. Uning «Farzand parvarish qilmoq zikrida» degan bobi
bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi. «Qqobus-
noma»da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. Ular
quyidagilardan iborat:
1) bolaga yaxshi ism qo‘yish;
2) oqil va mehribon enagaga topshirish;
3) to‘y-tomosha qilib, sunnat to‘y o‘tkazish;
4) o‘qish — yozishni o'rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish;
5) harbiylar ahlidan bo‘lsa, sipoxiylikni o‘rgatish.
Kaykovus bola taibiyasida talabchanlik bilan mehribon-
likni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. «Yosh bola ilm
bilan odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘igan-
mas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan
qahring kelsa, o‘z qo'ling bilan urmagil, muallimlaming
tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalaiga muallimlar adab bersinlar,
toki sendan o‘g‘lingni ko'nglidagina qolmasin».
Kaykovusning «Qobusnoma» asari bugungi kunda ham
axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir
Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rinni egallaydi.
Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va
129
kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola
tarbiyasi ota-onalar oldida turgan oliyjanob vazifadir, deydi.
A.Navoiy ota-onalaming yaxshi sifatlarini ulugMayi. Bun
day sifatlaming ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida
muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o'tadi. Masalan, uning xo-
tinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Yaxshi xotin,
deydi Navoiy — oilaning davlati va baxti uy egasining xotijam
va osoyishtaligi undan husinli bo‘lsa — ko‘ngil ozig‘i,
xushmuomala bo'lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda
tartib-intizom bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan
ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi boisa, undan ruh azob-
lanadi. Agar mayxo‘r bo'lsa, uy obodligi yo‘q oladi, aqlsiz
bo‘Isa, oila rasvo bo‘ladi».
A.Navoiy oiladagi ayrim illatlami va o‘zaro kelish-
movchiliklami bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzi-
lishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi.
Yaxshi va yomon xulqlar va ulaming kelib chiqishi sabab-
larini ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon
xulqlami oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi - deb uq-
tiradi.
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, sharq mutafak
kirlari o'zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z davrlaridan
ancha ilgarilab ketganlar. Ulaming bu qarashlari bir necha
asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va
hozirgi kunda ham ular o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q, ular
bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko‘ra mutafakkir-
laming o‘lmas merosi oilada bolalaming ma’naviy axloqiy
tarbiyalashning muhim omili bo‘lib q oladi.
0 ‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi
kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtiso-
diy, tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy
130
hayotida mazmunan boy ishlar qilindi. Yurtboshimiz I.A.Ka-
rimovning tashabbuslari bilan 1998-yilni «Oila» yili deb e’lon
qilindi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasining 63-
moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda
jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deyi-
ladi.
0 ‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va
hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga nis
batan g‘amxo‘rlik qilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi
uchun butun imkoniyatlami ishga solmoqda. Jumladan,
yurtboshimiz, oilaning jamiyatda tutgan o‘mi va ahamiyati
to‘g‘risida shunday deydi: «Bola tug‘ilgan kundan boshlab,
oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar,
urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhim far-
zandlar oifaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini
anglaydi his etadi». Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik
g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish,
mustahkamlash, yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir.
Oila tarbiyasi deganda ota-ona, oiladagi katta kishilar, buva-
buvilar, aka-opalar tomonidan bolalaming to‘g‘ri milliy
axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish
lozim. Zotan yeti-shishi ota-ona, aka-opa va boshqalaming
o‘zaro muomala munosabatlariga xulq-atvoriga bog‘liq. Xal-
qimiz: «qush uyasida ko'rganini qiladi» deb bejiz aytmagan.
Oila tarbiyasi kabi katta mas’uliyat birinchi navbatda ota
va ona zimmasiga tushadi. Shu o‘rinda bir narsani alohida
aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sirchan kuch-
qudrat bu — Onadir. Ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning
moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta’minlash, qolaversa
oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek
oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota-
131
bobolarimizdan maros bo‘lib qolgan an’anadir. Shunga ko‘ra
bola bilan ko‘proq ona birga bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut
bilan kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Yuksak
axloq-odob aqidalari bola mhiga ko‘proq
ona suti bilan
kiradi.
Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon
mehnati va mahoratiga bog'liq. Egri o‘sayotgan niholning
qaddini rostlab qo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. Yangi tug‘ilgan
go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasida
qandaydir o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari -
kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, rostgo'ylik,
mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr
qilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining
dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir. Deylik, dehqon
dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to‘kinligi
so'ng xalq farovonligini ta’minlashda ko'rinadi. Uning
barcha faoliyati shu oliyjanob tuyg‘u bilan uyg'unlashgan. Bu
oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmush-
ning hamma qirralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan
mehnatkash inson har sotiada o‘z yo‘lini topa oladi.
Oilada bolaga ma’naviy axloqiy tarbiya berishning asosiy
maqsadi ularda axloqiy fazilatlami hosil qilish va ulami rivoj-
lantirish, ulami yaxshi xulq-atvorga o'rgatish, ularda ijobiy
xatti-harakatlar ko‘nikma va odatlami vujudga keltirishdan
iborat.
Axloqiylik oiladan boshlanadi deb yuqorida ko‘rsatib
o‘tdik. Inson dunyoga kelishi bilan o‘zini o‘rab olayotgan
muhitni ta’siriga tushadi, atrofdagi voqea hodisalarga bog‘liq
bo‘ladi. Chaqaloq gapira olmaydi. Bu tabiiy holat. Ota-
onalarimiz bobomomolarimizdan, biz esa ota-onalarimiz-
132
dan, farzandlarimiz esa bizdan o‘rganadilar. Avlodlar vorisligi
ham ana shundan kelib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘r-
satadiki, avlod-ajdodlarimiz axloqiy fazilatlami bir-birlariga
o‘rgatib, bir-birlaridan o‘rganib kelgan. o‘zbekona, milliy
axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sino-
vidan o‘tgan saboqlari va bizga doim madad bo‘lib turgan
ruhiy quwatlari jamuljamdir. Ulaming sharofati ila milliy-
axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib
kelmoqda. Chunki, bir tomchi bo‘lsa ham ulaming qoni
tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo‘sh urdirmoq bilan
yuraklarimiz uyg‘oq, dillarimiz ravshan, tafakkurimiz munav-
var. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko‘p yillardan
beri yashirinib kelar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli
milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan
bolalami ma’naviy — axloqiy jihatdan taibiyalashda foyda-
lanish
oilaviy taibiyamiz
uchun
obyektiv
pedagogik
zaruriyatga aylandi. Birgina misol: o‘zbeklarda «har bir avlod
o‘zining yetti pushtini bilishi kerak» degan odat bor. Buning
zamirida nasli-nasabning tozaligi va pokligini saqlashga
da’vat bor.
Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida yozadi: «Kelin
izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan
teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti
pushtini surishtirdim . . . sog‘liq . . . jismonan kamolotini
aniqladim . . . barcha qusurlardan holi bo‘lsagina . . . kelin
tushirdim». Bu so‘zlarda o‘z qonining tozaligini saqlash
uning aynishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olishga inti-
lishini ko‘rish mumkin. Zero, qondagi ruhdagi aynish —
millatning ming yillik qadriyatlarini nobud qilishi mumkin.
Xalqimizda shunday axloqiy qoidalar mavjudki, ular
o‘zbekligimizni namoyon qilib, qadrimizni boshqa xalqlar
133
oldida ko‘tarib turadi va milliy o'zligiga xosligi bilan ajratib
turadi. Oilada bolaning ongiga go‘dakligidanoq o‘zgalar
manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, jamiyat man-
faatini shaxsiy manfaatdan ustuvor ekanligini uning ongiga
singdirib borish muhimdir. Oilaviy tarbiya mahorati bolada
uni o‘rab turgan dunyoni fuqaro va vatanparvar sifatida
ko‘rish va anglab yetishni o‘rgatishda ko‘rinadi. Toki, bola
o‘z atrofida, o‘z yonida bo‘layotgan voqea va hodisalarga
befarq qaramaydigan bo‘lsin, bolaligidanoq boshqalaming
quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lsin, ko‘nglidan o'tkazsin.
Shunda boladagi fuq arolik hissi axloqiy qadriyat sifatida
uning ta-biatiga singib ketadi.
Fuqarolik hissini bola ongida shakllantirish, uni ma’na-
viy-axloqiy tarbiyalashning bugungi kungi asosiy mezoni
bo‘lib qolayotganligini to‘la his qilish oilaviy tarbiyada
muhim ahamiyatga egadir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |