V bob.
OILADA KOMIL INSON TARBIYASI
Axloq kishilaming xulq-atvor normalari va qoidalarini,
ularning o‘z-o‘ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga
munosabati kabi axloqiy tushunchalami o‘z ichiga oluvchi
ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Axloq tarixiy xusu-
siyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan
to‘plangan axloq odiy tajribalar
va munosabatlami aks
ettiradi. Axloq
ilmiy yaxshilik bilan yomoniik o'rtasidagi
muammolar haqida bahs yuritib, insonlaming kamolotga
erishish yo‘lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam
bo'lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam
desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi
olamini o'rganish, bilish, tahlil qilish g£oyatda murakkab, bu
ruhiyat bilan bog'liq holatdir. Axloqli,
odobli komil insonda
odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-
shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e’tiqod kabilar
mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlaming aksi-beburd,
axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har bir xalqning nufuzi va
obro‘-shuhrati
kishilarning
axloq-odobi,
yaxshi
xislat
fazilatlari bilan belgilanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari
Aflotun va Arastu bola
tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi
barcha zarur ishlami davlat bajarishi lozim degan g‘oyani
ilgari surgan edilar. Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi
jamiyat ma’nfaatlari bilan bog'liq deb isbotlamoqchi bo‘l-
ganlar. Shunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat
122
shug'ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan. Ammo,
sharq
mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona
shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular
oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan awalgi 528-529-yillar orasida buyuk muta-
fakkir Zardusht tomonidan yaratilgan «Avesto»
kitobida ham
ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g'oya va qarashlami
ko‘rish mumkin. «Avesto»da ta’kidlanishicha, tarbiya hayot
ning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘q ish va
yozishga o'rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib,
mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt
ko'chati o'tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga
ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi
shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish
uchun
kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo'llari bilan moddiy
noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his
qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi.
U yuqoridagi fikmi davom ettirib, «Inson nafaqat
mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda yerga va
yurtga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi.
Zotan har bir
inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan zaminni, mamlakatni eng yaxshi va
go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak». Uning bu fikr-
laridan har bir inson faqat o‘zining emas balki farzandlarini
ham mehnatsevar qilib tarbiyalashi lozim. Chunki meh-
natsevar bo'lmasdan turib, o‘z yerini, o‘z Vatanini seva
olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, hadisi Shariflarda oila va oilaviy muno-
sabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar
tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z
ichiga oilaning shakllanishi,
rivojlanishi va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihat-
lami qamrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtayi nazaridan
123
o‘rtacha qo'yilsada ular kishilaming turmush tarzlari, oilaviy
munosabatlari talabidan kelib chiqqanligi uchun ham kun-
dalik turmushga muvofiqdir. Islomda oilaviy tarbiyaning
o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar
musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo‘lib,
insonni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g‘oya bilan
bog‘liq. Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-
ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy
poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’na-
viyatda bolani oilada axloqiy taibiyalash haqidagi qarashlar
insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham
umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko‘ra, islom musul-
monlariga xos bo‘lgan diniy qadriyatgina bo‘lib qolmasdan,
balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy mustaqillik natijasida
dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan
munosabat tubdan
o‘zgardi va u oilada bolalami axloqiy tarbiyalashning muhim
omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samarador-
ligini oshirishga yordam bermoqda.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: