Oila pedagogikasi


səhifə73/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

qiz
bolaning ko‘rkidir. Uning ko‘rkiga ko‘rk 
qo'shuvchi, odamiylik fazilatlarini zebo qilib boruvchi ota- 
onadir. Ota-onaning pand-nasihatlarini dillariga jo qilgan 
yigit-qizlar hayotda qoqilmaydilar, qiyinchiliklarga sabrli, 
bardoshli bo'ladilar. Ulaming kelgusi hayot yo‘llari ham 
porloq bo‘ladi.
Bir kuni Luqmoni hakim o‘tib ketayotsalar, bir ona 
qiziga nasihat qilib, yaxshi odatlami o ‘rgatayotgan emish: 
«qizim sen ham balog‘at yoshiga yetib qolding. Ertaga birov- 
ning xasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan, 
xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro‘ e’tiborli bo'laman 
desang, qaynonangni hurmat qil. Hammadan erta tur! 
hammadan kech yot! qo'ling egri bo‘lmasin, boshinga qilich 
kelsa ham rost gapir, Yolg'onchi, chaqimchi, ikkiyuzlamachi, 
g'iybatchi bo‘lma, qo'lingdan keladigan xizmatingni ayama, 
kelgan mehmonni izzat-hurmatini joyga qo‘yib kuzat. Oila 
a’zolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, aqlli bo‘l! 
Kuyovingni hurmatini joyga qo‘y, ko‘chadan kelganida kutib 
ol! Ketganida kuzatib qo‘y. Boriga shukur qil, sabr-toqatli 
chidamli bo‘l! Salomni kanda qilma. Shundagina baxt sening 
yo‘ldoshing, g‘am-tashvish esa kundoshing bo‘ladi» debdi. 
Shunda Luqmoni hakim «Ona ko‘rib qizolqirg‘oq 
ko‘rib 
bo‘z ol!» deganlari shu bo‘lsa kerak deb, yo'llarida davom 
etgan ekanlar.
Xulosa qilib aytganda, farzand ko‘rib, ulami tarbiyalab, 
kishilarga, jamiyatga halol va fidoiylarcha xizmat qilishga 
qadar shaxslami shakllantirish har bir ota-onaning ijtimoiy, 
ma’naviy burchi sanaladi.
140


Oilada bolalami axloqiy tarbiyalashning usullarini xalq 
pedagogikasida manbalaridan o‘rganishimiz lozim. Jumladan, 
tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish, iltimos qilish, 
tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, 
ko‘ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, 
olqish, ta’na qilish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, 
la’natlash, so'kish, urish, kaltaklash kabilar. Lekin insonni 
axloqiy tarbiyalashda eng kuchli tarbiyaviy vosita sifatida 
o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash, muko- 
fotlash kabilardan foydalanish samarali natijalar berishi 
kuzatishlardan ma’lum. Xalq pedagogikasi materiallarida 
uchraydigan axloqiy tarbiya vositalari ichida:
1) bolalar o‘yinlari;
2) choyxo‘rlik — choyxona gurungi;
3) bolalar gapi — gap — gashtak;
4) bolalami kattalar bilan birgalikda.
a) to‘y marosimlari — beshik to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh 
to‘yi, hovli to‘yi;
b) sayllar - dala sayli, gul sayli, qovun sayli;
d) yig‘in tomosha, tug‘ilgan kunni nishonlash, yigit 
bazmi, qiz bazmi, kelin salom, uloq , poyga, kurash;
e) aza ma’rakasi;
f) safarga chiqish;
Kabilar haqida bolalarga ma’lumot berish va ana shu 
vositalar asosida farzandlarimizni axloqiy tarbiyalash katta 
ahamiyatga ega. Chunki bolaning ijobiy yoki salbiy xatti- 
harakati ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida namoyon boiadi va ular 
tomonidan baholanadi. Bir qancha ota-onalar ham o‘z 
o‘g‘il-qizlarini to‘y-hasham va ma’rakalarga aralasha boshla- 
ganidan keyingina ulardan salbiy yoki ijobiy sifatlarni pay-
141


qay boshlaydilar. Bunday hoi ota-onalarhing bolalariga 
sindirilgan tarbiyalariga xulosa yasashga yordam beradi.
Oilada bolalami insonparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘l- 
laniladigan eng xarakterli usullardan biri, xalq donishmand- 
larining axloq va odob yuzasidan aytiladigan hikmatli so‘z- 
lari, maqollari, u yoki bu ertak orqali hal qilinishi kerak 
bo'lgan muammo sifatida ishlatilishidir. Aniqrog‘i axloq- 
odob masalalariga bag'ishlangan xalq maqollarining naqadar 
hayotiy ekanligini ma’lum ertak orqali aytib berilishidir.
Ko‘pchilik ertak, dostonlarda ota-ona va keksalaming 
turmush tajribalarini ifodalash bilan biiga yoshlami unga 
bevosita amal qilishlariga undaydigan maslahat va pand- 
nasihatlar ham asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan: 
«qarosoch pari» ertagida ona o‘z o‘g‘li Nodimi safaiga 
jo‘natishdan oldin shunday deydi: «Mening uch nasihatimni 
esingdan chiqarma, birichisi — birovga xiyonat qilma, 
ikkinchisi — birovning dilini og‘ritma, uchinchisi - qaysi 
shaharga borma, eng awallo, o‘sha shahaming qariyalari 
bilan suhbatlashib ish qil», mazmunida nasihat qiladi. 
Nihoyat ona nasihatiga amal qilgan farzand bir umrga 
murod-maqsadiga yetib yashaydi.
Xalq og‘zaki ijodiyotining barcha janrlarida bolani 
atrofidagi kishilarga yordamlashish, hamdardlik qilish ruhida 
tarbiyalash g‘oyalari o‘rtaga tashlanganini ko‘ramiz. 0 ‘zbek 
xalqi o‘rtasida kundalik ehtiyojga aylangan amaliy san’at 
turlaridan o‘ymakorlik-yog‘och, ganch va mis o‘ymakorligi, 
zargarlik, 
zardo‘zlik, 
kashtado‘zlik, 
kulolchilik, 
milliy 
liboslami tikish kabilar o‘zbek oilalarida birinchidan, moddiy 
ehtiyojni qondirish bo‘lsa, ikkinchidan, farzandlami meh­
natga o‘rgatishda, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishni 
tarbiyalashda muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanib
142


kelingan. Tajribadan ma’lumki, bolalami ma’naviy-axloqiy 
taibiyalashda milliy musiqa, qo‘shiqlar muhim o‘rinni egal­
laydi. Chunki barchaga ayonki, musiqa tarbiya manbayidir. 
Masalan: alia o‘zbek xalqining qadimiy, muhim tarbiyaviy 
xarakterga ega bo'lgan qo‘shiq turlaridan biridir. Ona alla- 
sidan bahramand bo‘lmagan bola qalbida ota-onaga, vatanga 
nisbatan mehr-muhabbat hissi bo‘lishi qiyin. Alla aytmagan 
yoki alia eshitib katta bo‘lmagan qiz bola bo‘lmasa kerak. 
Alla tinglab katta bo‘lgan boladan ota-onaga nisbatan 
o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Keksalaming 
aytishicha, san’at insonlami yovuzlikdan saqlab qolar ekan.
Ota-bobolarimizdan meros qolgan chiroyli va ramziy 
ma’noga ega bo‘lgan urf-odatlami bilish, bevosita ularda 
ishtirok etish va aynan ana shu urf odatlaming o‘tkazish 
tartibini bilish yoshlami ma’naviy-axloqiy shakllanishida 
muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bunday malaka va ko‘nikmalami yoshlarda tarkib top- 
tirish vazifasi, awalo, ota-onaga oilaga yuklatiladi. Oilada 
ota-onalar farzandlariga mehmonnavozlik malakalarini o‘rga- 
tish bilan birga, bevosita mehmonda o‘zini qanday tutish, 
ovqatlanish, so‘zlashuv odoblarini ham o‘rgatib boradilar. 
Ayniqsa, ovqatlanish odobini o‘rgatishlari juda muhimdirki, 
bu birinchidan, bolaning salomatligini ta’minlasa, ikkinchi- 
dan me’yorga qarab ovqatlanishga o‘rgatadi, uchinchidan 
badnafslikdan qaytaradi, to‘rtinchidan tejamkorlikga o‘rga- 
tadi. Shu bilan birga insonlami axloqiy jihatdan tarbiyalaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin